O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet2/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

O’QUV MATERIALLAR




1)

Ma’ruza mashg’ulotlari

4

2)

Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari




II.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI




1)

Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar




2)

Kurs ishi yozish bo’yicha tavsiyalar




III.

GLOSSARIY




IV.

ILOVALAR




1)

Fan dasturi




2)

Ishchi fan dastur




3)

Tarqatma materiallar




4)

Testlar




5)

Baholash mezonlari




6)

Boshqa ma’lumotlar (fan bo’yicha boshqa materiallar mavjud bo’lsa keltiriladi)




7)

O’UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)





  • МA`RUZA MASHG`ULOTLARI



1-Mavzu: Kirish. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining maqsad va vazifalari
Reja:

  1. Кirish. Zamonaviy ta’lim texnologiyalayarining umumiy tafsifi.

  2. Ularning turlari O`qitish vositalari

3. Pedagogik va ta`lim texnologiyalari
4. Ta`lim usuli


Tayanch iboralar: Zamonaviy ta’lim texnologiyalayari, pedagogik texnologiya, o`qitish vositalari, ta`lim usuli, ko`nikma, mahorat
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” ta`lim xodimlari zimmasiga o`ta ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayonida o`quvchilarni o`qitishga yangicha yondashish, o`qituvchilarni o`z kasbiga va ta`lim oluvchilarga o`ta talabchanlik bilan munosabatda bo`lishni taqozo etiladi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, ta`limga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tadbiq etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Usluksiz ta`lim chuqur, har taraflama asosli ta`lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, usul, vosita va yo`nalishlarining mukammal uyg`unligidan iboratdir. Uzluksiz ta`lim sifatini turli komponentlar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik, muayyan usullar va uslublarning ta`lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishi ta`minlaydi
Kursning maqsadi:
mavzular bo`yicha pedagogik texnologiyalarni qo`llash malakasini berish;
zamonaviy ta`lim vositalarini samarali qo`llash usullarini o`rgatish;
o`z pedagogik faoliyatini texnologiyalash yo`llarini o`rganish;
ta`lim berishning interfaol usullarini qo`llay olish malakasini berish;
dastur asosida mustaqil malaka oshirish orqali ilmiy-ijodiy izlanish mahoratiga ega bo`lishni ta`minlash.
Kursning vazifasi:
Siz ushbu kursda zamonaviy pedagogik texnologiya elementlari bilan tanishasiz.
Mazkur kursda har bir mavzuga oid slaydlar, o`quvchilar bilimini baholash bo`yicha namunaviy testlar, tayanch konspektlar namunalari, mavzularga oid darsgacha o`quvchilarga tavsiya etiladigan materiallar namunalari va bir qancha qo`shimcha ma`lumotlar e`tiboringizga havola etiladi.
Shuni ta`kidlash joizki, har bir mavzu o`ziga xos bo`lib, ularni o`zlashtirish jarayonida turli metodlar, vositalar va ta`limni tashkil etish shakllari sizning diqqatingizga havola etiladi.
Masalan, birinсhidan zamonaviy texnika vositalaridan darsda o`rinli foydalanishni, ya`ni komp`yuter orqali multimedialarni namoyish etishni o`rganamiz. Dars jarayonida turli video lavhalardan o`rinli foydalanishni bilib olamiz.
Ikkinсhidan darsga tayyorgarlik bosqichi, ya`ni ta`lim jarayonini loyihalash bo`yicha yo`l-yo`riqlar tavsiya etiladi. Darsda muammoli vaziyatlar yaratish, treninglar tuzish, darsning texnologik xaritasi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishasiz, mavzuga oid interfaol usullar ishlanmasi beriladi.
Ushunсhidan ilmiy munozarali dars uslubi bilan tanishasiz, darsda har xil didaktik o`yinlar tashkil etish jarayoni bilan tanishasiz, qiziqarli savol-javoblar orqali mavzuni mustahkamlashni bilib olasiz.
To`rtinсhidan esa ma`ruza orqali induktiv va deduktiv usullaridan foydalanib o`quvchilarga kimyoviy tushunshalarni samarali bayon etish yo`llari aks ettirilgan slaydlar metodi bilan tanishasiz. Shuningdek ushbu fanga oid masala yechishning har xil usulidan foydalanishni o`rganib olasiz.
Beshinсhidan illyustrasiya va namoyish usullarini birga qo`llash, darsda qo`shimcha adabiyotlar, matbuot materiallaridan foydalanish, «B/B/B» o`qitish usuli orqali o`quvchilarni qiziqish va qobiliyatlarini oshirishni o`rganasiz. Rasm-topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarni mustaqil ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish, eksperimental topshiriqlarni bajarishni darsda tashkil etishni o`rganasiz.
Oltinсhidan dars bosqichlari bo`yicha o`quvchining faoliyatini nazorat ishini rejalashtirish namunasi tavsiya etiladi. Laboratoriya mashg`ulotining texnologik xaritasini tuzish bo`yicha foydali maslahatlar olasiz. Bu mavzularni kichik konsultantlar usulidan foydalanib tashkil etish bo`yicha tavsiyalar berilgan.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling