O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Ta`lim usullarining mohiyati va mazmuni


Download 4.85 Mb.
bet6/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Ta`lim usullarining mohiyati va mazmuni. Ma`ruza, hikoya, tushuntirish, namoyish qilish, illyustrasiya, animasiya va multimedia usullarning mohiyati nima?
Ma`ruza, hikoya, tushuntirish - o`quv materialini bayon qilish usuli verbal (lot. Verbalis-og`zaki) usul hisoblanadi. Odatda bu usullar namoyish, video-usul, ko`rgazma usullari bilan qo`shilgan holda olib boriladi.
Ular o`quvchilarning bilimini o`zlashtirish, eslab qolish va tushunishga qaratilgan reseptiv faoliyatini ta`minlab beradi va o`qituvchi tomonidan tayyor holda bayon etiladi.
Ma`ruza-katta hajmdagi o`quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida monologik bayon etish.
Bu usulning asosiy vazifasi - ta`lim berish, o`rgatish. Belgilari; qat`iy tuzilmaga ega; nutqiy-mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko`pligi. Ma`ruzalar, bizga, o`quvchilar tajribasizlik tufayli e`tibor bermaydigan fanning muhim lahzalarini ajratib ko`rsatish imkonini beradi.
Hikoya - uncha katta bo`lmagan, ta`riflovchi tavsifga ega bo`lgan o`quv materialini monologik, hikoya qiluvchi, xabar beruvchi bayonidir.
Tushuntirish - bayon qilinayotgan materialni turli holatlarini tahlil qilish, tushuntirish, izoh berish va isbotlash yordamida o`quv materialini bayon qilish.
Namoyish - o`quvchilarni tabiiy holatda hodisalar, jarayonlar, ob`ektlar bilan ko`rgazmali-hissiy tekshirish. Bu usulning yetakchi vazifasi-o`qitish. Biz namoyishdan o`rganilayotgan hodisalar dinamikasini ochib berish uchungina foydalanamiz. Bu usul biror narsaning tashqi ko`rinishi bilan tanishtirish, uning ichki tuzilishi yoki o`xshash narsalar qatoridagi o`rni bilan tanishtirishga xizmat qilish mumkin.
Illyustrasiya - hodisa, narsa, jarayonlarni tasviriy shaklda sxema, reproduksiya, yassi modellar yordamida ko`rsatish va qabul qilishni ko`zlaydi.
Bu usulning asosiy vazifasi - o`rgatish. Illyustrasiya usulining vositasi bo`lib sur`atlar, jadvallar, rangli xaritalar, albomlar va atlaslar xizmat qiladi.
Video usul - axborotni ko`proq ko`rgazmali o`zlashtirishga asoslangan bo`lib, unda kineskop, kodoskop, proyektor, kinoapparat, o`quv televideniyasi, videomagnitafon, displeyda aks ettiruvshi kompyuterlardan foydalaniladi.
Animasiya, multimedia – komp`yuterning 2D yoki 3D grafikasi yordamida yaratilgan tabiiy hodisalar, kimyoviy reaksiyalar, reaksiyalar mexanizimining modellashtirilgan virtual tasviri. Virtuallashtirilgan tasvirlar o`quvchilarni beriladigan materiallarni tez va ongli o`zlashtirib olishlariga qaratilgan bo`ladi. Ta`lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishda quyidagi bosqichlarga e`tiborni qaratish kerak:
-ta`lim oluvchilarga o`quv materiallarini taqdim etishi va tushuntirish bosqichi;
-komp`yuter bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quv materiallarini o`zlashtirish bosqichi;
-o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
- erishilgan yutuq va natijalar asosida o`zini - o`zi tekshirish orqali, nazorat o`tkazish bosqichi;
- oraliq va yakuniy nazorat bosqichi;
-o`zini - o`zi, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlari natija va xulosalariga ko`ra o`quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishini, tizimga solinishini muvofiqlash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
Axborot texnologiyalarini qo`llash bo`yicha yaratilayotgan o`quv reja va dasturlarni yaratish, tuzish, yuqorida keltirilgan bosqichli yo`nalishlarni alohida - alohida modеllashtirish, loyihalashtirish yaxlit natijalarga olib keladi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling