1-jadval. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning Iqtisodiyot tarmoqlari hajmidagi ulushi, foizda
Ko’rsatkichlar
|
2008 y
|
2009 y
|
2010 y
|
2011 y
|
2012 y
|
Sanoat
|
13,9
|
16,9
|
19,6
|
21,0
|
22,2
|
Qishloqxo’jaligi
|
97,8
|
97,9
|
97,9
|
97,9
|
98,0
|
Qurilish
|
48,3
|
41,6
|
52,3
|
69,0
|
70,7
|
Savdo
|
48,1
|
46,5
|
50,5
|
47,2
|
45,3
|
Asosiykapitalgainvestitsiya
|
23,1
|
23,7
|
30,8
|
33,0
|
35,2
|
Pullikxizmat
|
48,5
|
48,7
|
47,7
|
46,5
|
44,7
|
Eksport
|
12,4
|
14,6
|
13,6
|
18,8
|
15,8
|
Import
|
35,7
|
42,5
|
36,6
|
32,5
|
37,6
|
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlarining yetarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi 2009 yilda amaldagi 9 foizdan 8 foizga, 2010 yilda 7 foizga, 2011 yilda esa 6 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,2 barobar kamaytirildi (9-rasm).
rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari
Rasmdagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, 1996-2012 yillar mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 5 foizgacha, ya’ni 7,6 marta qisqargan.
O’tgan yillar davomida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash tadbirlari ham izchil kuchaytirib kelinmoqda. Xususan, 2009 yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 1 trln. 850 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi. 2010 yilda bu tizimda erishilgan natijalar o’tgan yillarga nisbatan sezilarli sur’atda ortiqdir. CHunonchi, “O’tgan yil davomida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 1,4 barobar ko’paydi va 2 trillion 700 milliard so’mni tashkil etdi. Jumladan, mikrokreditlar hajmi 485 milliard so’mdan ortib, bu ko’rsatkich 2009 yilga nisbatan 1,5 barobar ko’paydi”9 (10-rasm).
Ma’lumotlardan ko’rinadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo’naltirilayotgan kreditlar miqdori 2001-2010 yillar mobaynida deyarli 16 barobarga o’sgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |