O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 302.72 Kb.
|
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi
KIRISHAholining, ayniqsa, uy xo’jaliklarining tadbirkorlik salohiyatlarini ro’yobga chiqarishda mavjud moliyaviy-iqtisodiy, texnik-texnologikshart-sharoitlardan tashqari, tashkiliy imkoniyatlarni ham kengaytirish mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yana keng ravnaq toptirish muhim rol o’ynaydi. Bu masalaga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’zining 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi”da alohida urg’u berib o’tganlar: “O’ylaymanki, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo’yish vaqti keldi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy anьanalarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to’la mos keladi. Ishonchim komilki, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi va yangi ish o’rinlarining ochilishiga sharoit tug’iladi”1. Yuqoridagi ta’kidlanganidek, tashkiliy-huquqiy jihatdan oilaviy biznes mamlakatmizda kichik biznesning yangi tashkiliy shakli bo’lib, uni tashkil etish sohasida tadbirkorlik ko’nikmasiga esa fuqarolar, ayniqsa, oliy o’quv yurti va kasb-hunar kollejlari bitiruvchi yoshlarini jalb etish yaqin istiqbolda oilaviy biznes institutini jadal rivojlantirishga turtki beradi. Ma’lumki, oilaviy tadbirkorlik xalqimiz uzoq tarixiy hayotida milliy qadriyatlar va an’analar, milliy hunarmandchilik va san’atning ravnaq topib, avloddan-avlodga o’tib kelishida yaqqol kuzatiladi. Lekin bugungi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shart-sharoitlar tizimida oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish faqat an’anaviy, xalq hunarmandchiligi darajasida cheklanib 1Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. // O`zbekistonRespublikasi Prezidenti Islom Karimovning O`zbekistonRespublikasi Oliy Mjlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. Manbaa: http://www.press-service.uz qolmasdan, iqtisodiy faoliyatning g’oyat xilma-xil, yuqori samaradorlikka ega yo’nalishlarida ham amalga oshirilishi davr talabidir. “Oilaviy biznesni tashkil etishning iqtisodiy-pedagogik asoslari” mavzuidagi mazkur kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va 22 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Download 302.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling