O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
-rasm. O’zbekistonqonunchiligidako’raoilabiznesning tashkiliytavsiflari
Download 302.72 Kb.
|
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manfaatdorlik
- Bilimlarninguzluksizligi
- Imidjningmuhimligi
- Daromadningbutunligichaoila ixtiyorida qolishi
- Oila – umumiyqadriyatlarvamanfaatlargaegajamoa
- Ishonchvasamimiylikningulkandarajasi
1-rasm. O’zbekistonqonunchiligidako’raoilabiznesning tashkiliytavsiflariSHuningdek, O`zbekiston qonunchiligida oilaviy biznesning quyidagi tashkiliy tavsiflari ham ochib berilgan (1-rasm). O’zbekiston Respublikasi “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonunining 3- moddasida oilaviy tadbirkorlik atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir”.3 Oilaviy biznes ayrim sohalarda sotuvlar hajmi, daromadlari va boshqa ko’rsatkichlari bir xil, mulkdorlari tarkibi boshqacha bo’lgan kompaniya va firmalardan ilgarilab ketish imkonini beruvchi bir qator afzal tomonlarga egadir. Ularning asosiylari quyidagilar: 2Pugach L.I. Kichik va oilaviy biznes: tashkil etish va rivojlantirish. //Tadbirkorlar uchun qo`llanma. - T.: Iqtisodiy rivojlanishga ko`maklashish markazi. 2012 yil. 83-bet. 3O`zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida"gi Qonuni. 3-modda, 1-so`zboshi. - T.: O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2012 yil 17 (517)-son. 5-bet. Manfaatdorlik. Oila, biznesning mulkdori sifatida, biznesning o’sishi va rivojlanishini ta’minlash hamda uni keyingi avlodlarga topshirishga qodir bo’lish tarafdoridir. Buning natijasi o’laroq – oilaning ko’pgina a’zolari o’zlarini fikran firma bilan bog’lagan holda biznesning uzoq muddatli istiqboldagi o’sishini kafolatlash uchun odatda o’zlarining bor kuchlarini ayamay ishlashga hamda daromadning o’zlariga tegishli qismini biznesga qayta sarmoya tariqasida kiritishga tayyordir. Oilaviy korxonalarning sheriklari odatda biznesni rivojlantirishda manfaatdor bo’lgan mulkdorlar guruhlari borligini yuksak darajada qadrlaydi va unday korxonalarga nisbatan katta ishonch bilan munosabatda bo’ladilar. Bilimlarninguzluksizligi. Oilalar o’zlari to’plagan bilimlar, tajribalar va ko’niklarini keyingi avlodga berishni biznesdagi ustuvorliklardan biri sifatida belgilaydilar. Oilaning ko’pgina a’zolari oilaviy biznesga yoshlik chog’laridan jalb qilinadi. Bu esa ularning manfaatdorlik darajasini oshiradi va bir vaqtning o’zida ularga oilaviy biznesni boshqarishda ishtirok etish uchun instrumentlar beradi. Imidjningmuhimligi. Oilaviy korxonalar o’z imidjlarini nafaqat bozor muhitida, balki, ijtimoiy munosabatlarda ham birdek qadrlaydilar. Bozor muhitida oila a’zolarining ismlari firma tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoxud ko’rsatilayotgan xizmatlar bilan bog’langan bo’ladi. SHuning uchun oilaviy korxonalar mahsulot va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga hamda o’zlarining sheriklari bilan yaxshi munosabatni saqlab turishga harakat qiladilar. Daromadningbutunligichaoila ixtiyorida qolishi. Mulkida biznesi bo’lgan oila qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar to’liq to’langandan keyin qoladigan barcha daromadni tashqi sarmoyadorlar bilan bo’lishmagan tarzda oladi. Bu biznesning o’sishi va rivojlanishi uchun ko’proq resurslarni sarflash uchun sharoit yaratadi. Oila – umumiyqadriyatlarvamanfaatlargaegajamoa. Agar bu manfaatlar yagonaligi oilaning barcha a’zolari tomonidan anglab yetilsa, umumiy biznes ushbu jamoaning yagonaligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Oila a’zolarining biznesni rivojlantirishda ishtirok etishlari mobaynida ularning yanada yaqinlashishlari sodir bo’ladi. Oilaviy ish – bu nafaqat daromad topish faoliyat sohasi, balki qator muammolarga duch kelinish hamdir. Ayni paytda bu qiyinchiliklar qarindoshlarni yanada ko’proq jipslashtiradi. Odatda personalni boshqarish nazariyasiga ko’ra oilaviy biznesning afzalligi, qarindoshlar, bir oila a’zolari o’rtasida “jipslashish”ga, “hamjihatlikda ishlash”ga hojat yo’q. CHunki ular, bir-birlarini yaxshi biladilar. Ishonchvasamimiylikningulkandarajasi. Oilaviy biznes ishtirokchilari va bir vaqtning o’zida oilaviy korxonaning boshqaruvchilari hamda xodimlari bir- birlariga nisbatan odatdagi firmalardagiga nisbatan ko’proq samimiy munosabatda bo’ladilar. Oilaviy biznes natijasi moliyaviy yo’qotishlar va birtalay boshqa ko’ngilsizliklarga aylanishi mumkin bo’lgan chala qolgan gaplarning yo’qligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, ta’kidlash joizki, oilaviy biznesda ishtirokchilar oilada bo’layotgan voqealardan yaxshi xabardor bo’ladilar. Masalan, oilada, qarindoshlar o’rtasida farzand tug’ilishi, to’y va boshqa marosimlar. Kishilar yollanma asosda ishlaydigan korxonalarda bunday voqealar haqida eng so’nggi lahzada aytishni afzal biladilar. Qolaversa, oilaviy biznesda ta’tillar va betobligi sabab ishchining hozir bo’lmasligi masalasi ancha yengil hal qilinadi. Download 302.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling