O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


rasm. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonunni qabul qilishdan ko’zlangan maqsadlar


Download 302.72 Kb.
bet9/21
Sana08.01.2022
Hajmi302.72 Kb.
#236598
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi

rasm. “Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonunni qabul qilishdan ko’zlangan maqsadlar


Ushbu Qonun 7 ta bob, 35 ta moddadan iborat bo’lib, uning tarkibi quyidagicha:



    1. bob – “Umumiy qoidalar”, deb nomlanib, u 6 ta moddadan iborat. Unda Qonuning maqsadi, oilaviy tadbirkorlik to’g’risidagi qonun hujjatlari, oilaviy tadbirkorlik tushunchasi, asosiy jihatlari, oilaviy korxona, uning ishtirokchilari, oilaviy korxona boshlig’i maqomi huquqiy jihatdan tavsiflab berilgan.

    2. bob – “Oilaviy korxonani tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish” deb nomlanib, tarkibida oilaviy korxonani tashkil etish tartibi, boshqaruv tuzilmasi, ta’sis shartnomasi, korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi, ustav fondi masalalarini qamrab olgan 5 ta moddadan iborat.

“Oilaviy korxonaning hamda uning ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari” deb nomlangan 3-bobda oilaviy korxona hamda uning boshlig’i, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi 3 ta moddadan tashkil topgan.

Qonunning 4-bobi “Oilaviy korxona faoliyati” deb nomlanib, unda korxona mol-mulki, faoliyat amalga oshiriladigan joy maqomi, faoliyatni amalga oshirish shartlari, mahsulot realizatsiyasi, shuningdek, hisob va hisobot tizimi o’z aksini topgan. Bu borada e’tiborli tomonlardan biri – oilaviy korxona uchun uning ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo’ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmasligidir. Mazkur bob 5 ta moddadan iborat.

5-bob – “Oilaviy korxonada mehnat. Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining ijtimoiy muhofazasi”deb nomlanib, unda o’rin olgan 3 ta moddada mehnat munosabatlari, ish haqi to’lash hamda ishtirokchilar va yollanma xodimlarning ijtimoiy muhofazasi masalalari ochib berilgan.

Qonunning 6-bobi “Oilaviy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari”ni o’z ichiga olib, uning asosiy mazmuni quyidagi 6-rasmda ochib berilgan. Ushbu bobda shuningdek, oilaviy korxonani soliqqa tortish (26-modda), faoliyatni tekshirishni

cheklash (27-modda), kommunal infratuzilmalardan foydalanish (28- modda), oilaviy korxonada bank xizmatlari ko’rsatish va kreditlash masalalari (29- modda) ham yoritib berilgan.

Qonunning 28-moddasiga ko’ra, oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o’zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini to’lashda aholi uchun belgilangan tariflar bo’yicha va shartlar asosida amalga oshirishibelgilanganliginialohidata’kidlasho’tishjoiz.

7-bob – “Yakunlovchi qoidalar” deb nomlanib, unda oilaviy korxonani qayta tashkil etish va tugatish, oilaviy korxonaning birlashmalari, nizolarni hal etish kabi qoidalar o’rin olgan.

Qonunga asosan, oilaviy korxona oila a’zolari tomonidan shaxsiy mehnat ishtiroki majburiyati hamda tadbirkorlik muomalasiga jalb etilgan umumiy mol- mulk yoki mulkiy ulush ro’yxati ko’rsatilgan holda tuziladigan ta’sis shartnomasi asosida tashkil etiladi. Ishtirokchilar xohishiga ko’ra, ta’sis shartnomasi tomonidan korxonaning foydasi(daromad)ni taqsimlash shartlari belgilanishi mumkin. Oilaviy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish tegishli namunadagi ariza va ta’sis shartnomasi asosida soddalashtirilgan tartibda xabar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Oilaviy korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qonunda bir qator normalar ko’zda tutilgan. Jumladan, korxona ishtirokchilarini hisobga olgan holda, ishchilarining ro’yxatdagi umumiy sonini faoliyat turi bo’yicha kichik korxona va mikrofirmalar uchun o’rnatilgan ishchilar soniga mos holda hamda ularning soni kamida ikki kishi bo’lishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan keyin ularning tasarrufiga kelib tushgan foydaga soliq solishdan ozod etish, aholi uchun nazarda tutilgan ta’riflar bo’yicha kommunal infratuzilma ob’ektlariga ulanish va kommunal xizmatlardan (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) foydalanish shular sirasidandir. Mazkur huquqiy hujjatda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining va oilaviy korxona bilan o’zaro munosabatlariga doir bandlar ham mavjud. Jumladan, 29- moddaga ko’ra, oilaviy korxonaga kreditlar berishda to’lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo’lishi mumkinligi mustahkamlab qo’yildi.

Aytish joizki, xonadonlarning oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi oilalarni mustahkamlashga ko’maklashadi va turmushda uchraydigan turli muammolarni oqilona hal etish imkonini kengaytiradi. Tadbirkorlar oilasidagi turmush muammolari bilan bog’liq ziddiyatlar boshqa oilalardagiga nisbatan ancha kam uchraydi. Ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning yarmidan ortig’i oilaviy

muammolarni yechish uchun ayni biznes bilan shug’ullanish yordam berayotganini e’tirof etadi. Oilaviy biznesda odatda, vazifalarning ichki taqsimoti yuzaga keladi. Unda erkakning ham, ayolning ham va balog’atga yetgan bolalarning ham mehnatidan foydalaniladi. Binobarin, oilaviy biznesning muvaffaqiyati uyushganlikda, ya’ni hammaning bir-biriga yordam berishida, korporativ manfaatlarni birgalikda himoya qilishda, oila inoqligidadir. Yoshlar tarbiyasi – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning yana bir ijobiy omilidir. Ota-onalarga yordam berar ekan, bolalar yoshlikdanoq mehnat bilan topilgan har bir tiyinning qadriga yetadi. O’z bolalarini kichikligidan biznesga faol jalb etadigan tadbirkor farzandlarining kelgusida unib-o’sishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Oilaviy korxonada ishlash hech kimga og’irlik qilmaydi. Hech kim o’z mulkini o’zi o’g’irlamaydi. Unda ishlovchi xodim o’z mehnat natijalaridan chetlashtirilmaydi, pirovard mahsulotni o’z ko’zi bilan ko’radi va iste’molchining nazariga tushish, e’tiborini tortish uchun tinmay harakat qiladi. Oilaviy tadbirkorlik xodimning o’z mehnati natijalaridan manfaatdorligini va yuksak mas’uliyatini imkon qadar yuqori darajada uyg’unlashtirib, uni asoslashda nafaqat moddiy, balki undan ham yuksakroq bo’lgan ma’naviy rag’batdan foydalanadi.

Mamlakatimizda oilaviy biznesni yaratishga doir bir qator qonunlar va boshqa me’yoriy qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009 yil 29 iyulda 216-sonli "Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul qilingach, aholining oila byudjeti daromadlarini ko’paytirish, ish bilan band bo’lmagan fuqarolarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish va xalq hunarmandchiligining ko’p asrlik an’analarini saqlab qolish, bir so’z bilan aytganda oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga yo’naltirildi. Ushbu qaror asnosida "Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to’g’risida"gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomda ham oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik

faoliyati sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda hisobga qo’yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarning tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatida qatnashish xususiyatlari, sub’ektlarning huquq va majburiyatlari, ular faoliyatini qo’llab-quvvatlash hamda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari hamda yordam beruvchi oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish qoidalari o’z aksini topgan.




    1. Download 302.72 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling