rasm. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda oilaviy tadbirkorlik uchun qulay zamin yaratgan omillar
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda oilaviy biznesni tashkil etish va rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish yo’lida bir qator samarali tadbirlar amalga oshirildi va bu bugungi kunda ham tobora takomillashib bormoqda. Bu boradagi tadbirlarni quyidagi 5 ta yo’nalishdagi omillar guruhiga birlashtirib, kuzatish mumkin (5-rasm).
8Oilaviy tadbirkorlarni rivojlantirish – zamon talabi.Manbaa: http://www.fikr.uz
Oilalar moddiy asosining mustahkamlanishi hamda ular moliyaviy imkoniyatlarining kengayishi aholi daromadlari va jamg’armalarining o’sishi hamda tijorat banklarida aholi omonatlarining ijobiy qoldiqqa erishuvi kabi ko’rsatkichlarda yaqqol kuzatiladi. CHunonchi, 1990 yil holatiga taqqoslaganda aholi daromadlari 8,6 martaga, 2000 yilga solishtirganda esa 2 martadan oshiqqa ko’payganligi kuzatiladi. Aholi jamg’armalaridagi o’sish darajasi 1995 yilga nisbatan 2000 yilda 13,1 martani, 2005 yilda 24,1 va 2010 yilda 28,6 martani tashkil etgan (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |