O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


BOB. O`ZBEKISTONDA OILAVIY BIZNESNING TASHKIL- IQTISODIY RIVOJLANISH YO`NALISHLARI


Download 302.72 Kb.
bet7/21
Sana08.01.2022
Hajmi302.72 Kb.
#236598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi

BOB. O`ZBEKISTONDA OILAVIY BIZNESNING TASHKIL- IQTISODIY RIVOJLANISH YO`NALISHLARI




    1. O’zbekistondaoilaviybiznestashkiliy asoslariningrivojlanishi

Tadbirkorlik qadimdan insonlar uchun o’z hayotini qurish, mustaqil ro’zg’or yuritish, tashabbuskorlik bilan mehnat qilib, oilasi, elu yurtining farovonligiga o’z hissasini qo’shishning muhim omili bo’lib kelgan.Qolaversa, ishbilarmonlik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu fazilatdir.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi”da oilaviy biznesning jamiyatimizdagi o’rni, ahamiyati va uni rivojlantirish istiqbollari to’g’risida to’xtalib, «...bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo’yish vaqti keldi», deya alohida ta’kidlab o’tadilar.

Bugungi kungacha oilaviy biznes asosan yakka tartibdagi tadbirkorlik yoki xususiy korxona va hattoki, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida amalga oshirildi. Biroq, bunday shakllarda xususiy korxona egasi yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) direktori sifatida ro’yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlik xohish-istagi va harakatlari yuridik ahamiyatga egadir. Yana shuni esdan chiqarmaslik kerakki, oilaviy biznesda oilaning alohida ijtimoiy-sotsial tuzilma sifatida mavjud bo’lish shakli ham o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Oilaviy biznesda go’yoki o’zaro munosabatlar tuzilmasi shakllanadi va unda bir butun holda oila a’zolari, oilaviy biznes rahbari hamda oilaning o’zi ishtirok etadi. Ayni paytgacha oila huquqiy munosabatlarning mustaqil sub’ekti sifatida faqat tor doirada cheklangan munosabatlar yoki qo’shimcha shart sifatida tan olingan. SHu sababli oilani nafaqat moddiy boyliklar iste’molchisi, balki ularni ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida ham

e’tirof etish mumkin emas.Ammo bu muammo xalqimiz o’tmishining tarixi nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladigan bo’lsa, buning hech qanday ajablanarli tomoni yo’q. Yurtimizda asrlar davomida oilaviy biznes mavjud bo’lgan va rivojlangan. Ota- onalar va farzandlarning ishlab chiqarish birligi ma’naviy va moddiy manfaatlar uyg’unligi asosida tashkil qilingan. Bu biznesga rahbarlik qilish nizosiz, eng muhimi, ishlab chiqarish jarayoniga hech qanday zarar yetkazilmay avloddan avlodga o’tib kelmoqda va bu hamma tomondan tabiiy hamda muqarrar holat sifatida qabul qilinmoqda.

Oilaviy biznesning qonuniy asoslarini yaratishda oilaviy biznesni yuritishning tarixiy an’ana va ko’nikmalari inobatga olinishi shart. Oilaviy biznes asosan tijoratchi yuridik shaxs shaklida o’ziga xos jamoa korxonasi sifatida tashkil etilishi kerak. Bu jamoa oila a’zolaridan tarkib topishi lozim. Korxonani boshqarishda jamoaviylik, birlik printsiplari e’tiborga olinishi muhim. Odatda, oilaviy biznesda jamoaviylik ruhi uning ayrim a’zolarining alohida intilishlariga zid bo’lmaydi. Oilaviy biznesda oila iqtisodiy munosabatlar sub’ekti sifatida shakllanadi, umumiy oilaviy manfaatlarning mushtarakligi uyushqoqlik bilan faol harakat qilish, biznesning ayrim ishtirokchilari birgalikda harakat qilishini talab qiladigan yagona xohish-istak mexanizmini ishlab chiqishga undaydi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan tadbirkorlik faoliyatini tashkil qiladi. Biroq, bunga boshqalarni majburlash va ularning huquqlarini cheklash orqali emas, balki oila a’zolari mentaliteti va ma’naviy qadriyatlari asosida erishiladi.

Oilaviy biznesni boshqarishda xushmuomalalik va tadbirkorlik bilan yondashish talab etiladi. Har bir oilaviy biznesning o’z menejerlari va ma’naviy yetakchilari bor. SHunday ekan, uning tadbirkorlik va ijtimoiy vazifalari ham mavjud. Bu ikki vazifa an’anaviy tarzda, bir-biriga zarar yetkazmasdan muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirilmoqda. Uning mazmun-mohiyati va tarkibiy qismlarini tushungan holda oilaviy biznesning dastlabki tashkiliy-huquqiy jihatlarini modellashtirishimiz mumkin. Oilaviy biznesning ijtimoiy vazifalari avvalambor, moddiy boyliklarni yaratishda oila a’zolarining hissasi va bu

boyliklarni taqsimlash mezonlariga bog’liq bo’lmasligida namoyon bo’ladi. Bu borada eng muhimi, daromadlarni taqsimlashning bunday tizimi oila manfaatlariga to’liq mos bo’lishi lozim. SHu bilan birga, biznes bu biznes ekanligini va unda asosiy maqsad harakatga keltiruvchi eng muhim kuch hisoblanishini ham esdan chiqarmaslik darkor.




Download 302.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling