O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Aholi turmush darajasini oshirishda oilaviybiznes rolini yanada oshirishningijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Download 302.72 Kb.
bet6/21
Sana08.01.2022
Hajmi302.72 Kb.
#236598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi

Aholi turmush darajasini oshirishda oilaviybiznes rolini yanada oshirishningijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotdagi o’ta muhim salmoqli hissasi bilan davlat va jamiyat rivojida alohida o’rin egallab kelmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishi va uning tobora mustahkam bo’lib borishi ta’minlanmoqda. O’rta sinf amalga oshirayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishdan, mamlakatning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko’p manfaatdordir. SHu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatdagi barqaror rivojlanish kafolati va tayanchiga, iqtisodiyotni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.

Keyingi yillarda ushbu soha rivoji uchun qulay tadbirkorlik muhiti yaratish va uni yanada rivojlantirishni rag’batlantirilishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik biznesning salmog’i yil sayin oshib bormoqda. Masalan, 2000 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 31 foizi kichik biznes sub’ektlari

tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2011 yil yakuni bilan bu ko’rsatkich 54 foizni tashkil etdi.

Yangi ish o’rinlari ochish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun , barqaror daromad manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanib bormoqda. Bandlikni ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlarning amalga oshirilishi, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish natijasida faqat so’nggi 5 yilning o’zida iqtisodiyot tarmoqlarida 3,8 mln. yangi ish o’rni yaratildi. Hozirgi kunda ish bilan band aholining 74 foizdan ortig’I aynan shu sohada mehnat qilayotgani ham shundan dalolat beradi.

Darhaqiqat, mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash borasida 2010 yilda jami 950 mingdan ortiq ish o’rni tashkil etilgan bo’lib, mazkur tashkil qilingan umumiy ish o’rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo’jaliklariga, 210 mingdan ortig’i kasanachilik sohasiga to’g’ri keladi.

SHu o’rinda aytish joizki, ish o’rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga ko’ra, 2012 yilda 967 mingdan ortiq ish o’rni yaratish, ularning qariyb 600 mingini qishloq joylarda tashkil etish ko’zda tutilgan. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 480 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, birinchi navbatda, korxonalar bilan hamkorlikda mehnat shartnomalari asosida kasanachilikning turli shakllarini, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 210 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

So’nggi yillarda kasanachilik va oilaviy tadbirkorlik kabi aholi bandligini ta’minlashning yangi shakllari rivojlandi. Natijada aholining daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad ulushi tobora salmoqli o’rin egallamoqda va barcha daromadlarning 47 foizdan ortig’I ushbu soha hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlarining o’rtacha daromadlarining izchil o’sib borishida muhim omil hisoblanadi.

Bunda aholining turli guruhlari daromadlari darajasidagi farqni aks ettiradigan Jini koeffitsienti 1990-2010 yillarda 0,40 dan 0,30 gapasaydi, bu esa iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan davlatlardagi o’rtacha ko’rsatkichga mos keladi.

Bu holat, o’z navbatida, xususiy tadbirkorlikning milliy an’anaviy shakli bo’lgan oilaviy biznesning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi yil sayin o’sib borayotganligidan dalolat beradi.

Bugungi kunda mehnat shartnomalari bo’yicha korxonalar bilan kooperatsiya asosida faoliyat yuritayotgan kasanachilikni, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikni ta’minlashning muhim yo’nalishi bo’lib qolmoqda. Jumladan, 2011 yilga mo’ljallab qabul qilingan Respublika bandlik dasturida qishloq joylarda yaratilishi ko’zda tutilgan 950 mingdan ortiq yangi ish o’rnining 600 mingdan ziyodini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ochish ko’zda tutilgan bo’lsa, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida 220 ming kishini ish bilan ta’minladi.

Oilaviy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni va aholining turmush darajasiga ta’sirini ushbu biznes shaklining iqtisodiy va ijtimoiy funktsiyalari bilan ifodalash mumkin bo’ladi. SHunga ko’ra, oilaviy tadbirkorlik quyidagi iqtisodiy funktsiyalarni bajaradi:



  1. Oilaviy biznes o’rta sinf shakllanishining bir elementi sifatida siyosiy barqarorlik va demokratik jamiyat rivojlanishi garovidir.

  2. Oilaviy biznes vakillari nafaqat o’zini samarali ish bilan ta’minlash, balki yangi ish o’rinlarini ham yaratishga qodir.

  3. Taraqqiy etgan oilaviy biznes iste’molchilarning asosiy qatlamiga xizmat qilish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan birgalikda o’zgarib turadigan bozor va iste’molchi talablariga mos keladi.

  4. Kichik tadbirkorlik sohasi innovatsiya kiritish, egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo’lib, eng ko’p yangi, riskli mahsulot va xizmatlarni o’zlashtiradi.

  5. Kichik biznes kishining ichki salohiyatini yuzaga chiqarish, o’zining mehnat faoliyatini amalga oshirish yo’li hisoblanadi.

  6. Oilaviy tadbirkorlikning ommaviy rivojlanishi aholining ijtimoiy psixologiyasini ijobiy o’zgarishiga va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi.

Yuqorida sanab o’tilgan oilaviy tadbirkorlikning iqtisodiy funktsiyalaribilan birgalikda quyidagi ijtimoiy funktsiyalari ham mavjud:

    1. Ijtimoiy keskinlikni yumshatish va bozor munosabatlarini demokratlash-

tirish.

    1. Mamlakatda aholini ijtimoiy himoyalash va ishsizlik darajasini

kamaytirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni yanada rag’batlantirish asosida yangi ish o’rinlarini yaratish.

    1. Oilaviy tadbirkorlik ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlariga kam foydalaniladigan mehnat resurslari (pensioner, nogiron, talaba va o’quvchilar)ni jalb qilishga yordam beradi.

    2. Kichik tadbirkorlik ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida demokratiya- ni kengaytirishga ko’maklashadi. Iqtisodiy faoliyatda ijtimoiy mavqeini tanlash tadbirkor yoki yollanma ishlovchi bo’lish imkoniyatini beradi.

Demak, mamlakat iqtisodiyotida oilaviy biznesni rivojlantirishga qaratilgan choralarning asosiy maqsadi oilaviy tadbirkorlikning hududiy infratuzilmasini vujudga kelishi uchun iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratish hamda uni jadal va samarali o’sishini ta’minlashdan iborat bo’lishi lozim.

Hozirgi kunda oilaviy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlikning bir shakli sifatida amalga oshiriladi. Uning huquqiy asosi sifatida «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni mavjud bo’lib, unda oilaviy tadbirkorlik er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan faoliyat sifatida e’tirof etilgan.

SHuningdek, «oilaviy tadbirkorlik» tushunchasiga «Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi Nizomda kengroq ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra, oilaviy tadbirkorlik deganda er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi bilan tegishli bo’lgan ularning umumiy mulki negizida amalga oshiriladigan hamda er-xotinning va ularga yordam beruvchi oila a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan, yuridik shaxs bo’lmagan jismoniy shaxslarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati, - deya e’tirof etilgan.

Ammo, yuqorida zikr etilgan qonun hujjatida oilaviy tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, ular faoliyatini amalga oshirish va qo’llab-quvvatlash tartibi hamda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi me’yorlarning mavjud emasligi ushbu sohaning huquqiy kafolatlarini yanada takomillashtirish lozimligini belgilab beradi. Bu borada Prezidentimiz «...bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo’yish vaqti keldi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to’la mos keladi. Ishonchim komilki, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi va yangi ish o’rinlarining ochilishiga sharoit tug’iladi», deb alohida ta’kidlaganlar6.

SHunga ko’ra, oilaviy biznesni har tomonlama qo’llab quvvatlash, uning huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy-ijtimoiy kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.




6Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. // O`zbekistonRespublikasi Prezidenti Islom Karimovning O`zbekistonRespublikasi Oliy Mjlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. Manbaa: http://www.press-service.uz

Birinchidan, oilaviy tadbirkorlikni huquqiy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish maqsadida:


  1. Oilaviy tadbirkorlik bilan faqatgina yakka tartibdagi tadbirkor sifatida emas, balki, yuridik shaxs (uning shakllari) sifatida ham faoliyat ko’rsatishi mumkinligini huquqiy kafolatlash.

  2. Oilaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan tadbirkorlik faoliyati turlarining aniq ro’yxatini belgilash.

Ikkinchidan, oilaviy tadbirkorlikni ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida:

  1. Mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan har bir oila a’zosi uchun pensiya daftarchasini ochish, pensiya tayinlash uchun mehnat stajini hisobga olish.

  2. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozli miqdordan kam bo’lmagan miqdorda to’lash sharti bilan ularga pensiya tayinlashni tashkil qilish.

Uchinchidan, oilaviy tadbirkorlikni moliyaviy-iqtisodiy jihatdan rag’batlantirish maqsadida:

  1. Oilaviy tadbirkorlik faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan tovarlarni mamlakatdan tashqariga sotilishi chog’ida bojxona imtiyozlarini qo’llash.

  2. Oilaviy tadbirkorlarga oila a’zolarini ishga jalb qilishiga nisbatan soliq imtiyozlarini qo’llash. Masalan, ishga jalb qilingan har bir oila a’zosiga nisbatan soliq stavkasini pasaytiruvchi koeffitsientlarni qo’llash.

  3. Tadbirkorlik faoliyati ob’ekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog’liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, mazkur mulklarga nisbatan yuridik shaxslarning mol-mulk solig’i stavkasi emas, balki jismoniy shaxslar uchun mol- mulk solig’i stavkasini qo’llash.

Mazkur taklif va tavsiyalar qatorida nafaqat oilaviy tadbirkorlik, balki yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish, ular faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, jumladan, soliqlar vositasida rag’batlantirish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan

o’tgan kundan boshlab, ma’lum davrga qat’iy belgilangan soliqdan ozod qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadida oilaviy biznesni rivojlantirish Davlat dasturini ishlab chiqish lozim bo’ladi va bu dasturni hayotga tatbiq etilishi mamlakatimizda oilaviy biznesni rivojlanishiga, o’rta mulkdorlar sinfini yanada kengayishiga, davlat byudjetiga soliq tushumlarining ko’payishiga, aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, zarur ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga ko’maklashadi.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yuqorida keltirib o’tilgan yo’nalishlardagi chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik ulushini ko’paytirish va aholining daromadlarni oshirishga erishish imkoniyati yuzaga keladi.



  1. Download 302.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling