O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-rasm.Oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishdan kutilgan natijalar


Download 302.72 Kb.
bet8/21
Sana08.01.2022
Hajmi302.72 Kb.
#236598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi

3-rasm.Oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishdan kutilgan natijalar


Oilaviy korxona barcha parametrlar bo’yicha kichik biznes sub’ekti maqomiga ega bo’lishga da’vogarlik qilishi mumkin. Bu yerda faqat ish bilan band bo’lgan ishchilar soni nazarda tutilayotgani yo’q. Oilaviy korxona o’zgaruvchan, ixcham, bozor kon’yunkturasiga tez moslashuvchan, yangi texnika va texnologiyalarni tez o’zlashtira oladigan korxona hisoblanadi. An’anaga ko’ra, uning asosiy sohalari hunarmandchilik, chevarlik bo’lsada, oilaviy biznes menejerlarining zehni o’tkirligi va tadbirkorligi ularga yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, bozorda talab yuqori bo’lgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish imkonini beradi.

Oilaviy korxona mulkining huquqiy rejimini belgilashda oilada umumiy foydalaniladigan mulk ob’ektlari va oilaviy korxona mulkini farqlash lozim. SHuni eslatib o’tish joizki, zarurat tug’ilganda kreditorlar talablari bo’yicha undiriladigan pul hech qachon umumiy foydalaniladigan oila mulkiga emas, balki oilaviy korxona nizom jamg’armasiga yo’naltirilishi mumkin.

Oilaviy biznes bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar o’z oilalaridan tashqari shu hududda istiqomat qiluvchi boshqa fuqarolarning ham ijtimoiy manfaatlariga xizmat qiladilar. Ya’ni mahallada tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ekti aholi uchun qulayliklar yaratish barobarida, ularni foydali mehnatga jalb etish imkoniyatini ham kengaytiradi.

Ana shu nuqtai nazardan olib qaralsa, mahalla kichik bizesning o’zimizga xos milliy yo’nalishi – oilaviy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirish uchun eng qulay maskan sanaladi.

Uning huquqiy asoslarini yaratish va ijtimoiy hayotga keng joriy etish masalasi Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan Kontseptsiyada alohida tilga olinganining boisi ham shunda. Bugunga kelib O’zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni yuritish va rivojlantirish jarayonining yangi bosqichi vujudga kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Mazkur faoliyatning amalga oshirilishi nafaqat kelajakda oila rivoji, balki mamlakat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.

Ushbu yo’nalishdagi amaliy masalalarni tahlil qilish asosida iqtisodiyotning turli jabhalarida oilaviy biznesni tez va keng rivojlantirish uchun yanada qulay muhit hamda shart-sharoitlar yaratish, sohaning o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, alohida «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi va kuchga kirdi.

2012 yilda qabul qilingan ushbu Qonun quyidagi asosiy maqsadlarga asoslanadi (4-rasm).



  1. Download 302.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling