O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Oilaviy biznesning rivojlanishi aholi tadbirkorlik faolligini Oshirishning ustuvor yo’nalishidir
Download 302.72 Kb.
|
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi
Oilaviy biznesning rivojlanishi aholi tadbirkorlik faolligini Oshirishning ustuvor yo’nalishidirMustaqillik yillarida O’zbekistonda jamiyat hayotini isloh etish, fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan rivojlanish yo’nalishida oilai nstitutiga alohida o’rin qaratilib kelinmoqda. Bu borada o’ziga xos bir qator ustuvor tamoyillar hamda yo’nalishlar ishlab chiqilganki, ulardan eng muhimlari shubhasiz, birinchidan, aniq manzilli ijtimoiy himoya tizimi hisoblansa, ikkinchidan, oilalar moddiy faravonligi uchun zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratib, uni takomillashtirib borishdir. Aniq manzilli ijtimoiy himoya tizimi o’z ichiga kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan, qarovga muhtoj, shuningdek, ko’p bolali oilalarga moddiy-moliyaviy ko’mak hamda imtiyozli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni olib, bu ayniqsa, 90-yillarga xos o’tish davrida mamlakatda ijtimoiy barqarorlik va birdamlikni ta’minlashda katta o’rin tutdi. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, keyingi yillarda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi tobora takomillashtirilib bormoqda. Buning asosiy sababi sifatida, birinchidan, mamlakatda aholi turmush darajasining uzluksiz yuksalib borishi ijtimoiy himoya tizimi qamrovining sezilarli darajada qisqarishiga sabab bo’lmoqda; ikkinchidan, milliy iqtisodiyotda yuqori o’sish sur’atlari kuzatilishi bilan bir vaqtda iqtisodiyotda soliq yukining pasayib borishi byudjet mablag’lari xarajatlarini optimallashtirish zaruriyatini ham yuzaga keltirmoqda; uchinchidan, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarda bozor qonuniyatlarining tobora keng o’rin egallashi aholining bozor o’zgarishiga moslashuvchanligini oshirishni, shuningdek, boqimandalik kayfiyatini pasaytirib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi. SHu jihatdan, barqaror iqtisodiy rivojlanish sharoitida o’z qaddini tiklab olgan aholi qatlamlari endilikda bunday ijtimoiy himoyaga zaruriyat sezmayotganliklari ham keng kuzatilmoqda. Boshqacha aytganda, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyaga olish tizimi mazmunan saqlanib qolinayotgan bo’lsada, himoya mexanizmi takomillashtirilmoqda. Bu ijtimoiy siyosatning ikkinchi yo’nalishi – oilalar moddiy faravonligi uchun zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratib, uni takomillashtirishda ko’zga tashlanadi. Aslida oila xo’jaligini samarali tashkil etishga qaratilgan mazkur yo’nalishga O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillik arafasidayoq asos solingan edi. Jumladan, 1989-90 yillarda boshlangan qishloq aholisiga qo’shimcha tomorqa yerlarining ajratilishi, 90-yillar birinchi yarimida yakunlangan “kichik xususiylashtirish” bosqichida savdo va maishiy xizmat shoxobchalarini aholiga imtiyozli tartibda berilishi kabilar shular jumlasidandir. Bugungi kunda respublikada meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining asosiy qismi aholi tomorqasida yetishtirilayotgani, 4 milliondan ortiq xonadon o’z tomorqasiga ega bo’lib, umumiy yer maydoni 495 ming gektarni tashkil qilayotganligi, shuningdek, 4 mln. 300 ming xonadonda 9,5 mln.dan ortiq qoramol boqilayotgani, shundan 4 mln.ga yaqini sog’in sigirlar ekanligi yuqoridagi fikrimiz dalilidir7. 2013 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikada oilalar ixtiyoridagi qoramollar jami soni 9,5 mln. dan ortiqni tashkil etib, bu jami qoramollarning qariyb 94 foizini tashkil etgan. SHuning oilalar ixtiyoridagi qo’y va echkilar umumiy soni 14,2 mln. boshga, parrandalar soni 30,4 mln. boshga teng bo’lib, bu jami qo’y va echkilarning 83 foizini, parrandaning 64 foizini tashkil qiladi. Oilalar moddiy faravonligi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratish tizimida oilaviy biznesni rivojlantirish alohida o’rin egallaydi. Hozirgi paytda 7Манбаа: http://www.mahalla.uz respublikada oilalar daromadining to’rtdan bir qismi tadbirkorlik evaziga paydo bo’lmoqda. Kelajakda oila ehtiyojining 50 foizini shu yo’l bilan qoplanishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu bizning mamlakatimiz uchun o’ta muhimdir. CHunki, Yevropa mamlkkatlarida bir ishlovchiga 0,7 nafar mehnat yoshiga yetmagan bolalar va nafaqadagi qariyalar to’g’ri kelsa, bu ko’rsatkich bizda 2,7 kishini tashkil qiladi. Tabiiyki, bunday sharoitda faqat oylik maosh bilan oilaning extiyojini to’liq ta’minlab bo’lmaydi. SHu tufayli, kelajakda har bir oilaning farovonligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir8. Ma’lumki, oila xo’jaligini tashkil etish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-psixologik jarayon hisoblanadi. CHunki, bu, birtomondan, biznes faoliyatni tashkil etish uchun zarur moddiy asosni – muayyan mulkka egalikni, ikkinchi tomondan, uni tasarruf etishda biznes imkoniyatlardan foydalanish qobiliyatini taqozo etadi. Qolaversa (uchinchidan), keng jamoatchilikning munosabati, qonuniy bazaning mustahkam va barqarorligi ham o’ta muhim ahamiyatga ega. Bunda dastlabki ikkita shart biznesni tashkil etish va samarali yuritish uchun zamin yaratsa, uchinchisi mazkur faoliyat barqarorligi, tadbirkorlarda ishonch ruhiyatini shakllantiradi. Download 302.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling