O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 302.72 Kb.
|
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi
XULOSAOilalarda tadbirkorlikni rivojlantirish oilalar daromadini ko’paytirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda oila daromadlari tarkibida tadbirkorlik hisobidan qilingan daromadlar hissasi uzluksiz oshib bormoqda. Oilaviy biznesning milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini quyidagilarda ko’rish mumkin: oilaviy kichik biznes erkin bozor munosabatlarini rivojlantirish, xalqning tarixiy an’anasi va mahoratini tiklashning eng qulay usulidir; aholining ruhiy holatini sog’lomlashtirish, boqimandalik kayfiyatini yo’qotib, o’z daromadi va xarajatlarini sarhisob qilgan holda mustaqil xo’jalik yurita olish qobiliyatini tarbiyalash vositasidir; oilalarning turmush farovonligini oshirishning moddiy asosini yaratish manbaidir; oila a’zolarining o’z-o’zini ish bilan band qila olish, oila doirasida yangi ishchi o’rinlarini yaratish imkoniyatidir; oilalarni bozor qoidalariga mos ravishda daromad topish uchun shart-sharoit hozirlash yo’lidir; YaIMni yaratishdagi ishtirok etishi, yirik sanoat korxonalariga kasanachilik faoliyati orqali mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo va xizmat ko’rsatish sohalarida xususiy tadbirkorlik rivojlantirishning muhim yo’nalishidir. Mamlakatimizda oilaviy biznesni rivojlantirish milliy iqtisodiyotning yanada barqarorlashuviga yordam beradi: yirik korxonalarning monopolistik mavqeini susaytiradi, raqobat muhitini shakllantiradi, iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori, infratuzilmalar ob’ektlarining rivojlanishini tezlashtiradi; iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarning asosiga aylanadi, yirik korxonalar uchun kichik hajmdagi jihozlarni ishlab chiqarish va yetkazish berish bilan shug’ullanadi; oila a’zolarining, ayniqsa, yoshlarning moddiy-texnik malakaviy darajasini oshiradi; ishlab chiqarishga mehnat resurslarini jalb qiladi va oilaviy tadbirkorlar sinfini shakllantiradi; mehnatga layoqatlilik yoshiga yetgan, iqtisodiyotning turli sohalari, davlat korxonalari va tashkilotlaridan bo’shagan ortiqcha mehnat resurslarini xususiy tadbirkorlik sohasida, oilaviy biznesda o’z o’rinlarini topishiga imkon beradi; oila a’zolari tomonidan kichik tadbirkorlikni yo’lga qo’yadi, zamonaviy uslublar ta’siri ostida tovarlar sifati va xizmatlar ko’rsatish hisobiga bozorlar kengayadi; yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllanadi, korxonalarda bo’sh turib qolgan asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari, bino va inshootlar, maydonlardan foydalanish jarayonlari jadallashadi; mahalliy xom-ashyo, materiallar, mineral xom-ashyo zahiralaridan foydalanish hisobiga import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi; tadbirkorlarga, turli xil biznes sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari tarmog’i tashkil etiladi; bozor kon’yuturasi va uning ob’ekti va sub’ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib, asosan ichki bozorga ishlaydi va uni keng xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldiradi; oilaviy biznesning taraqqiyoti iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllarini vujudga keltiradi, imkoniyatlarga va raqobatga yo’l ochadi, ishsizlik muammosini hal etishga ko’maklashadi. Demak, oilaviy kichik biznes iqtisodiy taraqqiyotning muhim yo’nalishi sifatida maxalliy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, ishlab chiqarishning milliy tarkibining shakllanishiga va taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Download 302.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling