1.2. E. Vohidovning obraz yaratishda tildan foydalanish mahorati. - XX asrning 70-yillar oxiridan boshlab Erkin Vohidov she’riyatida yana yangicha o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Bu davrga kelib shoir katta tajriba orttirdi. Bir qancha chet mamlakatlarga sayohat qildi. Gyotening “Faust” asarini, Sergey Yesenin, Aleksandr Tvardovskiy, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Ulfat singari qator taniqli shoirlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, poetik olami rang-baranglashgan serqirra ijodkorga aylandi. Xuddi shu davrda shoirning “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirg’oq”(1981), “Kelajakka maktub”(1983) singari mashhur she’riy to’plamlari nashr etilgan edi. Jumladan, “Tirik sayyoralar” to`plamidan joy olgan aksariyat she`rlarning lirik qahramoni o`zining dunyoning, koinotning bir zarrasi, uzviy qismi deb biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |