- Erkin Vohidov o`zbek mumtoz she`riyati an`analari izidan borib, zamondoshlari ma`naviyati va kayfiyatini ifoda etuvchi “Yoshlik devoni”, yuksak zamonaviylik, fuqarolik ruhi bilan sug`orilgan “Tarix sayyoralar”, “Sharqiy qirg`oq”, “Kelajakka maktub”, “Yaxshidir achchiq haqiqat” deb nomlanuvchi qator she`riy to`plamlari, urush fojialaridan so`zlovchi ; “Nido”, “Ruhlar isyoni” falsafiy dostoni, “Istanbul fojiasi” she`riy dramasi, hajviy yumoristik “Donishqishloq latifalari” turkumi, “Oltin devor” komediyasi, I.Gyote, Fuzuliy, Mirzo Bedil, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Hamzatov kabi mashhur shoirlardan qilgan tarjimalari, xususan, “Eron taronalari” bilan “Faust” tarjimasi XX asr o`zbek adabiyotida, madaniy hayotida ulkan voqea sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |