O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakul’teti


Download 0.7 Mb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#238116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DILDORA YO'LDASHEVA

XULОSA

  • O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov o`zining g`oyaviy yetuk va badiiy yuksak asarlari bilan xalqimiz ma`naviyati xazinasini boyitgan, o`zbek adabiy tili taraqqiyoti va takomiliga munosib ulush qo`shgan.
  • Shoirning hamma poetik asarlari, ular qaysi yilda yozilganligidan qat`iy nazar, bir-birlari bilan chambarchas bog`langandir. Ular badiiy til va badiiy mahorat jihatidan bir-birlarini to`ldiradi va boyitadi. Eng ajoyibi shundaki, davr qanday o`sib, yangilanib borsa, Erkin Vohidov ijodi ham ana shunday o`zgarib, ilgari ko`rilmagan yangi qirralarni kashf qilib, yangi ma`no va mazmun nuqtalariga ko`tarilib borgan. Erkin Vohidov o`z davrining zarur she`riy so`zini topib ayta olayotgan mohir san`atkor shoirdir. Shoir o`z ijodida latifalardan, askiya va iboralardan unumli foydalana olgan.
  • Shoirning she`rlarini o`qiganimizda fikrning salmoqdorligini, obrazlarning pishiq va yangiligini, kitobxonni zeriktiradigan tor ma`noli, noo`rin qo`llangan iboralardan holi ekanini ko`ramiz. Darhaqiqat, iste`dodli shoir boshqa birovlarni takror qilmaydi. U ustozlarni esda tutgan holda o`ziga xos yo`l axtaradi. Jumladan, Erkin Vohidov til vositalaridan, ayniqsa, iboralardan o`rinli va maqsadga muvofiq holda foydalanishga intilib kelgan. Tilimiz “boshiga yong`oq chaqmoq”, “yelka qismoq”, “dilini yozmoq”, “joni qattiq”, “ish narvoniga minmoq”, “yo`ling oydin bo`lsin” singari iboralarga juda boy.
  • Shoir Erkin Vohidov she`rlari tarkibida umumtil iboralari nominativ, nutqni ixchamlashtirish, obrazli ifodalash, salbiy yoki ijobiy baho berish, emotsional va ekspressiv vazifalarni bajarishga bo`ysundirilgan. Bu uzval uslubiy vazifalar shoir asarlari tilining jonli, obrazli va ta`sirchan bo`lishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga shoir she`riyatida iboralar juda ko`plab okkazional vazifalarni bajarishi bilan xarakterlanadi. Shoir faqat umumtil iboralarni qo`llash bilan qanoatlanib qolmay, balki bunday iboralarga o`zgarishlar kiritgan, ularning doiralarini kengaytigan, shoirning o`zi ham yangi iboralar yaratib, o`zbek adabiy tilining iboralar boyligiga o`ziga xos hissa qo`shgan
  • E’TIBORINGIZ
  • UCHUN RAHMAT!

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling