2-bob. E. Vohidov ijodida qo`llangan frazeologizmlarning nutqdagi vazifalari. 2.1. Frazeologizmlarning she`riy nutqdagi o`rni. - Har qanday chinakam shoir uchun so`z va iboralar bu fikr aytish, kechinmalarni ifodalash vositasigina emas, balki yashash tarzi, yashash shaklidir. Har bir so`z yoki ibora badiiy asardagi maqsadga ko`ra muayyan ma`no kasb etadi, zamiridagi mazmun orqali o`zining yangi-yangi ma`no qirralarini namoyon qiladi. Erkin Vohidovning ko`plab she`rlarida so`z va iboralar – bamisoli olov. Shu boisdan ham shoir she`rlarini loqaydlik bilan o`qib bo`lmaydi. Ular turmushdagi mavjud ayrim illatlarni kuydiradi, harorat olib kiradi. Shu boisdan ham Erkin Vohidov mihirona qo`llagan so`zlar va iboralardan biz o`quvchi sifatida hayratga tushamiz. Vaholanki, bu narsa shoirning so`z bilan ibora qo`llash mas`uliyatini g`oyat nozik his qila bilishi, oddiy so`zlar va iboralar zimmasiga chuqur ma`no yuklay olishi samarasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |