O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakul’teti


Download 0.7 Mb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#238116
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DILDORA YO'LDASHEVA

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
  • NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
  • FILOLOGIYA FAKUL’TETI
  • O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
  • YO’LDASHEVA DILDORA SADRIDDIN QIZINING
  • FRAZEOLOGIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK VA USLUBIY XUSUSIYATLARI (E.VOHIDOV IJODI MISOLIDA)
  • BITIRUV MALAKAVIY ISHI
  • Namangan – 2017

Reja:

  • Kirish………………………………………………..……………
  • 1-bob. E.Vohidov ijodining lisoniy va uslubiy xususiyatlari
    • E.Vohidov ijodi haqida……………………………………………….
    • E. Vohidovning obraz yaratishda tildan foydalanish mahorati…..….
    • E. Vohidovning frazeologizmlardan ijodiy foydalanish mahorati……
  • 2-bob. E. Vohidov ijodida qo`llangan frazeologizmlarning semantik-uslubiy xususiyatlari va vazifalari
  • 2.1. Frazeologizmlarning she`riy nutqdagi o`rni. …………………
  • 2.2. Frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari va vazifalari.
  • 2.3. Shoir ijodida qo`llangan frazeologizmlarning emotsional-ekspressiv va okkazional xususiyatlari. ……………………………
  • Xulosa …………………………………………………………………
  • Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………
  • Mavzuning dolzarbligi
  • Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotchisi, shubhasiz, shvetsar-fransuz tilshunosi Sharl Balli (1865-1947) hisoblanadi. U o`zining “Stilistika ocherki” (1905) va “Fransuz stilistikasi” (1909) nomli asarlariga so`z birlashmalari, ya`ni frazeologizmlarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan edi. Frazeologiya keying yillarda tez sur`atlar bilan taraqqiy etayotgan tilshunoslik sohalaridan biriga aylandi.
  • Frazeologik material murakkab va ko`p aspektli bo`lgani uchun keying yillarda u xilma-xil metodlar, usullar yordamida o`rganilmoqda.
  • Frazeologiya masalalarini tadqiq etish, shubhasiz, uning mustaqil lingvistik soha sifatida shakllanishiga sabab bo`ldi, tilshunoslik fanini nazariy va amaliy jihatdan boyitdi. Lekin bundan frazeologiya sohasiga doir o`rganilmagan muammolar qolmadi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.
  • Mavzuning maqsadi
  • Ushbu bitiruv-malakaviy ishda shoir E.Vohidov she`riyatida qo`llangan frazeologizmlarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilish maqsad qilib olingan bo`lib, quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
  • E.Vohidovning obraz yaratishda tildan foydalanish mahorati aniqlash;
  • E. Vohidovning frazeologizmlardan ijodiy foydalanish mahorati ochib berish;
  • frazeologizmlarning she`riy nutqdagi o`rnini yoritib berish;
  • frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari va vazifalari aniqlash;
  • Shoir ijodida qo`llangan frazeologizmlarning emotsional-ekspressiv va okkazional xususiyatlarini tahlil qilish.
  • Ishda E.Vohidovning “Muhabbatnoma” (Saylanma. Ikki jildlik, Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.), “Iztirob” (Toshkent: O`zbekiston, 1992), “Shoiru she`ru shuur” (Toshkent, 1987), “Saylanma” (Umrim daryosi. – Toshkent: “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2001), “Saylanma” (She`r dunyosi. – Toshkent: “Sharq” nashriyoti – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati 2001) to`plamlariga kiritilgan she`r va dostonlari ishimizni manbai bo`lib xizmat qildi.
  • Bitiruv-malakaviy ish obyekti.
  • Shoir Abdulla Oripov “So`z sehri” maqolasida Erkin Vohidov ijodi haqida shunday deb yozadi: “Mana bir necha o`n yildirki, biz dilbar bir she`riyatning muattar havosidan bahramand bo`lib kelayotirmiz. Ona tilimizdagi ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang, g`oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uyg`otuvchi tashbehlar, o`tkir xulosalar – bularning bari ulkan shoirimizning kalomiga mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni she`riyatda o`ziga xos sehr sohibi deb bilaman”
  • 1-bob. E.Vohidov ijodining lisoniy va uslubiy xususiyatlari.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling