O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti


rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: a


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/46
Sana08.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#243483
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

4.1 rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: a – diafragma, b – soplo,  

c – Venturi soplosi, d – Venturi quvuri. 

 

Suyuqlik,  gaz  va  bug‘larning  sarfini  o‘lchash,  uchun  toraytirish  qurilmasi 

sifatida  standart  diafragmalar,  soplolar,  Venturi  soplosi  va  Venturi  quvurlari 

ishlatiladi. 

farqi  o‘zgarmas  sarf  o‘lchagichlar  –  rotametrlar  laboratoriyalarda  va  sanoatda 

keng ishlatilib, toza hamda biroz ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning sarfini 

o‘lchashga mo‘ljallangan. 

a) 

b) 

c) 

d) 



 

20 


Asbobning  ishlash  prinsipi  o‘lchanayotgan  muhit  oqimining  pastdan  yuqoriga 

o‘tishida  konussimon  naycha  ichiga  joylashgan  qalqovichning  vertikal  (tik)  siljish 

holatiga asoslangan. Qalqovichning holati o‘zgarishi bilan qalqovich va konussimon 

naycha  devorlari  orasidagi  o‘tish  kesimi  o‘zgaradi,  natijada  o‘tish  kesimidagi 

o‘lchanayotgan modda oqimining  tezligi ham o‘zgaradi. Berilgan muhitning har bir 

sarf  kattaligiga  qaloqovichning  muayyan  holati  mos  keladi.  Rotametrlar  bosimlar 

farqi  o‘zgaruvchan  sarf  o‘lchagichlarga  nisbatan  bir  qator  afzalliklarga  ega: 

rotametrlarning  shkalalari  teng  bo‘linmali  bo‘lib,  uncha  katta  bo‘lmagan  sarflarni 

o‘lchashga  imkon  beradi;  bosimning  yo‘qolishi  kichik  va  u  sarf  kattaligiga  bog‘liq 

emas; rotametrlarning o‘lchash chegarasi katta: 

1

10

m in



m ax



Q



Q

 

Asbobning o‘lchash qismi (4.2-rasm) vertikal tik joylashgan konussimon naycha 



1 va qalqovich 2 dan iborat. 

O‘zgaruvchan  sathli sarf  o‘lchagichlarning ishlash  prinsipi  suyuqlikning  idish 

tubidagi  yoki  uning  yon  devorlaridagi  teshikdan  erkin  oqib  chiqishidagi  sath 

balandligini  o‘lchashga  asoslangan.  Bu  asboblar  kimyo  va  boshqa  sanoatlarda  juda 

agressiv  suyuqliklar  sarfini  o‘lchashda,  shuningdek,  gaz  bilan  aralashgan 

pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi.  O‘zgaruvchan sathli 

sarf  o‘lchagichlar  barcha  hollarda  suyuqlik  sarfnni  atmosfera  bosimida  o‘lchaydi, 

shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan. 

O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) va 

suyuqlik  sath  balandligini  o‘lchaydigan  asbob  kiradi.  Sath  balandligi  o‘lchagichi 

sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi 

sig‘im  sifatida  esa  dumaloq  (diafragma)  yoki  tirqish  teshikli  silindrik  yoxud 

to‘rtburchak  idish  xizmat  qiladi.  Bunday  idishlardagi  suyuqlik  sarfi  uning  sath 

balandligi  bo‘yicha  aniqlanadi.  Diafragma  idish  tagida  yoki  uning  yon  devorlarida 

joylashishi  mumkin,  lekin  suyuqlik  sathi  u  oqib  chiqadigan  teshikdan  yuqorida 

bo‘lishi  lozim.  Tirqishning  teshiklari  idishning  faqat  yon  devorlarida  joylashgan 

bo‘lishi  kerak,  bu  holda  idishdagi  suyuqlik  sathi  teshikning  ustki  chetidan  baland 

bo‘lmasligi lozim. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Siqilgan 



havo 


 

21 


 

 

 



 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling