4. Yormalarning sifat ko’rsatkichlari.
Sholi, tariq, grechixa, suli donlaridan maydalanmagan butun yorma ishlab
chiqariladi. Qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladigan maydalangan maq’izlar oziq-
ovqat mahsulotlariga (maydalangan sholi, maydalangan grechixa) yoki ozuqa
mahsulotlariga (tariq va sulining maydalangan maq’izi) tegishlidir.
Butun maq’izdan olingan yorma sifatiga qarab ikki yoki uch navga bo’linadi.
Maydalangan yorma navlarga bo’linmaydi.
Arpa, buq’doy, makajuxori donlaridan olingan maydalangan silliqlangan
yormalar yirikligiga qarab nomerlarga bo’linadi.
Ko’p turli yormalarning asosiy sifat ko’rsatkichiga to’liq sifatli maq’iz miqdori
kiradi, bundan tashqari yorma tarkibida organik va zararli minerallar,
metallomagnit chiqindilar, qobiq’i olinmagan don, butun yorma tarkibida
maydalangan yorma miqdori chegaralanib qo’yiladi.
Nomerli maydalangan yorma uchun tekislanganlik bo’yicha sifat ko’rsatkichi
o’rnatilgan, ya’ni aniq yiriklikdagi zarrachalar miqdori foizda belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |