5. Yormachalarni boyitish jarayonining samaradorligini baholash.
Un ishlab chiqarishda yormachalarni boyitish jarayoni juda ham keraklidir.
Yuqori navli unlarni ko’p miqdorda olish uchun tegirmonda un tortish
yormachalarni rivojlangan boyitish jarayoni bo’lgan sharoitda mumkin bo’ladi. Bu
jarayon natijasida amalda endospermning kraxmalli qismini toza bo’lakchalari
ajratib olinadi va yanchishga yuboriladi.
Yormachalarni havoli-g’alvirli mashinalarda boyitishning samaradorligi har xil
usullar bilan aniqlash mumkin.
Havoli-g’alvirli mashinalar samaradorligi yuqori hisoblanadi, qachonki, qoldiq
mahsulotning quldorligi mashinaga tushayotgan yormachaning kuldorligidan
2,5...3 marta yuqori bulsa va elanma miqdori kamida 75 % ni tashqil qilsa. Havoli-
g’alvirli mashinalarning samaradorligi asosan mashinaga tushadigan yuklamaga
bog’liq. Havoli-g’alvirli mashinalarda yuklama miqdori yormacha turiga qarab qu-
yidagicha taqsimlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |