O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»
Download 4.88 Mb.
|
Экология тажриба 2022
Ishni bajarish tartibi
20-50 sm3 hajmdagi (o’qituvchi ko’rsatmasiga muvofiq) oqova suv namunasi yaxshilab chayqatib aralashtirib, avvaldan vazni aniqlab olingan filtr membranasi orqali filtrlanadi. CHo’kma bilan birga filtr qog’ozi avval havoda, so’ng quritish shkafida 40-500S temperaturada vazni o’zgarmay qolguncha quritiladi va oxirgi vazni aniqlanadi. Oqova suv tarkibidagi aralashma miqdori quyidagi formua yordamida aniqlanadi: , mg/l bu yerda: M1 – filtrlashdan avvalgi filtrning massasi, g; M2 – filtrning cho’kma bilan birga massasi, g; V – filtrlash uchun olingan oqova suvning hajmi, l. Oqova suvlarni ifloslovchi moddalardan tozalash samaradorligini aniqlash. Oqova suvlar tozalash inshootlarida tozalangandan so’ng suv havzalariga tashlanadi. 1. Oqova suvlarni ifloslovchi muallaq zarrachalardan tozalash samaradorligini aniqlash uchun tozalangan suvni suv havzalariga tashlashdan oldin uning tarkibidagi ifloslovchi muallaq zarrachalarning ruxsat etilgan kontsentratsiyasini Crux, g/m3 hisoblash zarur. Bu kontsentratsiya quyidagi shartni bajarishi kerak: Srux. Sv + np, bu yerda, Sv – suv havzasidagi oqova suvlarni unga tashlashdan oldingi muallaq zarrachalarning kontsentratsiyasi, g/m3; n – xisoblash stvorida suyultirish karraliligi; p – oqova suvlarni suv havzasiga tashlashdan so’nggi muallaq zarrachalar miqdorining sanitar normalarda ruxsat etilgan oshgan miqdori, g/m3. Ushbu suv havzasi uchun I darajali suvdan foydalanish p = 0,25 g/m3. 2. Suyultirish karraliligini aniqlash uchun Quyidagilarni hisoblash zarur: turbulentli diffuziya koeffitsienti ; Oqova suvlarni aralashish gidravlik omillarining ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient, , bu yerda: – oqova suvlarni tashlanish joyini xarakterlovchi koeffitsient (masalada qirg’oqli tashlanish, bunda =1); – ruslaning izvilistlik koeffitsienti (=1,5). Oqova suvlarni suv havzasi suvi bilan aralashish koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi: , bu yerda, ; L – oqova suvlarni tashlanish joyidan hisoblash stvori orasidagi masofani masalani hisoblashda 1000 m deb qabul qilinsin. 3. Srux. ni tozalash stantsiyasiga kelib tushayotgan oqova suvlar tarkibidagi muallaq zarrachalarning kontsentratsiyasi bilan solishtirilsin. Srux. < S bo’lganda oqova suvlarni muallaq zarralardan tozalashning zarur samaradorligini quyidagi formula orqali aniqlansin
Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling