O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»
Download 4.88 Mb.
|
Экология тажриба 2022
4-TAJRIBA ISHI
OQOVA SUVLAR LOYQALIGINI TAQRIBIY TOPISH (OQAVA SUVNING LOYQALIGINI SNELLIN ASBOBI YORDAMIDA TOPILADI) Oqova suvlar va ularni tozalash usullari Oqova suvlar - bu kundalik hayotda va ishlab chiqarish korxonalarida foydalanish oqibatida ifloslangan suvlardir. L.A.Kulskiy taklif etgan turkumlashga ko’ra oqava suvlar o’z tarkibida qancha bekorchi qo’shimchalar borligiga qarab 4 guruhga bo’linadi: Tarkibida zarrachalarning o’lchami 10-5-10-4 sm va undan kattaroq keladigan, erimaydigan bekorchi qo’shimchalari bor oqova suvlar. Tarkibida juda mayda 10-7-10-5sm erimaydigan bekorchi qo’shimchalari bo’ladigan oqova suvlar. Tarkibida eruvchan organik moddalar bo’ladigan oqova suvlar. Tarkibida eruvchan anorganik moddalar bo’ladigan oqova suvlar.(elektrolitlar). Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: Qattiq moddalarni ajratib olish yo’li bilan tozalash usuli yoki mexanik usul. Fizik-kimyoviy tozalash usuli. Kimyoviy tozalash usuli. Biologik tozalash usuli. Tozalash usullarini qaysi biridan foydalanish durust ekanini tanlab olishdan avval oqova suv tahlil qilinadi: bunda suv tarkibidagi muallaq moddalar miqdori, uning tiniqligi va loyqaligi aniqlab olinadi. Hosil bo’lishi sharoitiga qarab oqova suvlar 3 turga bo’linadi. 1. Kundalik turmushning xo’jalik-maishiy chiqindi suvlari (MOS); 2. Sanoat chiqindi suvlari (SOS); 3. Atmosfera suvlari (AOS). Xo’jalik-maishiy suvlar – bu dush, xammom, kir yuvish, ovqatlanish xonalari, xojatxona, polni yuvishdan hosil bo’ladigan suvlar hisoblanadi. Bu suvlar tarkibida 58%i organik va 42%i mineral moddalardan iborat iflosliklar bo’ladi. Atmosferada suvlari – yomg’ir va qor erishdan paydo bo’ladigan va korxona xududidan oqib chiqadigan suvlar. Ular organik hamda mineral iflosliklar bilan ifloslangan bo’ladi. Sanoat chiqindi suvlari – bu organik va noorganik ashyoni olish va qayta ishlashda hosil bo’lgan suyuq chiqindilardir. Oqova suvlar har xil moddalarning aralashmasidan iborat bo’lib, murakkab sistemani tashkil qiladi: Erigan noorganik va organik birikmalar, muallaq dag’al dispers va kolloid aralashmalar, ba’zi hollarda esa erigan gazlar (vodorod sulfid, karbonat va boshqalar.). Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling