O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»
Download 4.88 Mb.
|
Экология тажриба 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY KO’RSATMA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI «EKOLOGIYA» FANIDAN TAJRIBA MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH UCHUN USLUBIY KO’RSATMANAMANGAN – 2022 yUshbu uslubiy ko’rsatma Elektr energetikasi, Muqobil elektr manbalari, Texnologik mashinalar va jihozlar, Mashinasozlik texnologiyasi, Er usti transport tizimlari yo’nalishida tahsil oluvchi bakalavriat talabalar uchun «Ekologiya» fanidan tajriba mashg’ulotlarini o’tishga mo’ljallab tuzilgan. Tuzuvchilar: stajyor-o’qituvchi: I.Xasanboyev Taqrizchi: Z.Turayev NamMQI, Kimyoviy texnologiya kafedrasi professori Namangan muhandislik-qurilish instituti «Mehnat muhofazasi va ekologiya» kafedrasining 2022 yil «__» _______dagi majlisida qayta ko’rib chiqilgan (bayonnoma №__) va chop etish uchun tavsiya qilingan. Mazkur uslubiy ko’rsatma Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti ilmiy-metodik kengashining 2022 yil «__» _________dagi majlisida ko’rib chiqilgan (bayonnoma №__) va chop etish uchun tavsiya qilingan. Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-metodik kengashining 2022 yil «__»________dagi majlisida ko’rib chiqilgan (bayonnoma №______) va chop etishga ruxsat etilgan. KIRISH Ma’lumki, atmosfera havosining 99 % i asosan azot va kisloroddan faqat 1% gina boshqa turli gazlardan tashkil topgan. Atmosferaning normal tabiiy holatini asosan nomukammal texnologik jarayonlargan ega bo’lgan sanoat tarmoqlari, uglevodorod yoqilg’isiga ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalari va avtotransportlar buzadilar. Hozirgi vaqtda yuqorida aytib o’tilgan tarmoqlardan atmosfera havosiga 500 dan ortiq turli moddalar va birikmalar chiqarib yuborilayotganligi aniqlangan. Ular ichida eng ko’p tashlanayotganlari va yuqori toksiklik xususiyatiga ega bo’lganlari uglerod(II)-oksidi (CO), oltingugurt oksidlari (SxOy), azot oksidlari (NxOy), uglevodorodlar (SnHm), alьdegidlar, qo’rg’oshin birikmalari va changlardir. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda qora va rangli metallurgiya, neftь qazib chiqarish va qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va kimyo sanoatining atmosfera havosini ifloslantirishga qo’shgan hissasi 30% ni, issiqlik elektrostantsiyalari 30% ni va avtotransportlar 40% ni tashkil qilar ekan. Havoda qandaydir noxush hid sezilsa va u nafas yo’llari orqali organizmga ko’proq kirib qolsa,albatta ,kasallik sodir bo’ladi.Shunday gazlar ham borki,ular o’ta zaharli bo’lishiga qaramay, sira hidi bo’lmaydi. Jumladan,is gazini inson seza olmaydi.Ko’pincha shahar havosiga sanoat korxonalari juda ko’p turli xususiyatli hidsiz va hidli gaz aralashmalari chiqarib tashlashi mumkin. Ushbu uslubiy ko’rsatma sifatidagi tajriba ishlari to‘plamini yaratilishidan asosiy maqsad “Ekologiya” fanidan olingan nazariy bilimlarni tajriba asosida mustahkamlash, ya’ni ko‘nikma hosil qilish uchun amaldagi tajriba usulidan foydalangan holda turli omillarni aniqlash, ularning zararlash darajalarini kamaytirishni tajriba orqali ko‘rsatish uchun talabalarga yo‘llanma bo‘ladi. Tajriba ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Ishdan maqsad,qisqacha tushuncha, laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun kerakli jihoz va materiallar, ishning qisqacha mazmuni berilgach. Tajriba ishining bajarilishi: 1) mavzu bo‘yicha asosiy ishni amlga oshirish; 2) tajriba ishida olingan natijalarni tahlil qilish; 3) olingan natijalarni jadval yoki tegishli ko‘rinishda qayd etish; 4) olingan natijalarni GOST talablariga mosligini tekshirish maqsadida taqqoslash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu qo‘llanmada aynan ana shular amalga oshirilishi tartibi berilgan. Har bir tajriba ishini amalga oshirishdan oldin unga doir umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling