O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»


Download 4.88 Mb.
bet6/27
Sana17.09.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1679981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Экология тажриба 2022

Tajriba ishining bajarilishi:
1) Ish joyidagi haroratni aniqlash:
Harorat odatda rasmda ko‘rsatilgan termometrlar yordamida aniqlanadi. Agar, assman psixrometri bo‘lsa, bunday hollarda uning termometridan foydalanish mumkin.
Psixrometrning quruq termometri yordamida o‘lchansa, u bilan bir vaqtda havoning nisbiy namligini o‘lchash qo‘shib olib boriladi. Ish joylarida issiqlik chiqaruvchi manbalar mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda bir juft simobli termometr qo‘llanadi. Bunga asosiy sabab haroratning o‘rtacha kattaligi inobatga olinishidir.
Haroratni tekshirish uchun ish joyida ishning turidan kelib chiqib, pol sathidan:
-aqliy mehnat qilinadigan xonalarda 1200 mm;
-turib ishlanadigan joylarda 1500-1700 mm (umumiy holatda 1700-2000 mm) balandlikka termometrning simobli idishi to‘g‘ri kelgan holda o‘rnatilib, har 5 minutda bir martadan harorat tekshiriladi. Tajribani uch marta tekshirilgandan keyin xonadagi umumiy o‘rtacha harorat hisoblab topiladi:
,
bu erda - termometrning uch marta tekshirishdagi harorat ko‘rsatkichlari yig‘indisi. Ikkinchi termometr ko‘rsatkichi bo‘yicha ham o‘rtacha harorat topilib, har ikki termometrning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini qo‘shiladi va chiqqan natijani 2 ga bo‘lib, xonaning o‘rtacha harorati topiladi.


Eslatma: Har ikkala termometrning ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham o‘rtacha haroratni aniqlash mumkin. Agar universal o‘lchov asbobi bo‘lsa, uch marta o‘lchab, chiqqan miqdor 3 ga bo‘lib, o‘rtacha qiymat topiladi.
Olingan natijalarni quyidagi 1.2-jadvalga yoziladi:
1.2-jadval:

Ish turi

O‘lchash joyining pol sathidan balandligi, mm

1- termometrning
ko‘rsatishi, °S

2-termometrning
ko‘rsatishi, °S

O‘rtacha harorat, °S

















































Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling