O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»


Download 4.88 Mb.
bet9/27
Sana17.09.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1679981
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Экология тажриба 2022

Ishning qisqacha mazmuni:

  1. Mikroiqlimning asosiy kattaliklari va meteorologik omillarning kishi organizmiga ta’siri bilan tanishish;

  2. Mikroiqlim kattaliklari – havo haroratining tezligi va atmosfera bosimi kattaliklarini o‘lchash usullarini o‘rganish;

  3. Tajriba sharoitida ish joylaridagi mikroiqlim kattaliklarini o‘lchash va topilgan kattaliklarni sanitariya va standart me’yorlari bilan taqqoslash.

Ishning me’yoriy sharoitini yaratishning asosiy talablaridan biri ish joyidagi meteorologik sharoitlardan havoning harakat tezligini me’yorlash hisoblanadi.
Sexlarda ish unumdorligini oshirishda me’yoriy iqlim sharoitlarini yaratish muhim rol o‘ynaydi. Sexlarda mo‘tadil sharoitlar sanitariya me’yorlari GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi.

Ishning bajarilishi:
1) Havoning harakat tezligini aniqlash:
Bu odatda anemometrlar yordamida aniqlanadi. Anemometrlar ikki xil bo‘ladi. Kosachali anemometrlar havoning 1-15 oralikdagi tezliklarini, qanotli anemometrlar ancha kichik 0,3-5ms oralikdagi tezliklarni o‘lchashga mo‘ljallangandir.
Tajriba sharoitida havoning harakati maishiy ventilyator (havo almashtiruvchi qurilma) yordamida hosil qilinadi. O‘lchov ishlari quyidagicha olib boriladi: Kosachali anemometr havo oqimiga vertikal, qanotli anemometr esa perpendikulyar qilib qo‘yiladi. Bu o‘rinda shuni aytish lozimki, anemometrning havo harakati tufayli aylanuvchi qismi ish joyidagi havoning harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi, 10-15 sekund oraliqda anemometr bo‘sh ishlatiladi. So‘ngra anemometr to‘xtatilib, uning ko‘rsatkichi N1 yozib olinadi. Anemometr sekundomer bilan bir vaqtda ishga tushiriladi. Shu holatda anemometr inersiya qarshiligini engish uchun 15-20 sekund aylantiriladi. Undan so‘ng bir vaqtda asbob bilan sekundomer o‘chirilib anemometrning ko‘rsatkichi N2 va anemometrning ishlash vaqti t (sekund) yozib olinadi. Quyidagi formuladan anemometr strelkasi bir sekundda shkalaning necha bo‘lagiga surilganini aniqlab olamiz:
.
Bu kattalik tekshirilayotgan havo harakatining nazariy jihatdan aniqlangan tezligi bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘lchamdan foydalanib anemometr pasportida beriladigan grafikdan foydalanib, kosachalarning 1 sekunddagi aylanishlar soni bo‘yicha havo harakatining haqiqiy tezligi aniqlanadi. Tajriba kamida uch marta takrorlanadi va havoning o‘rtacha harakat tezligi topiladi:
,
bu erda lar havoning harakat tezliklarini uch marta aniqlash natijasida olingan kattaliklar yig‘indisi.
Olingan natijalar quyidagi 2.2-jadvalga yoziladi:
2.2-jadval:

O‘lchash joyi

Sinovgacha anemometrning ko‘rsatishi

Sinovdan so‘ng anemometrning ko‘rsatishi

Shkaladagi belgilari soni

Sinov davomiyligi, sek

Xavo oqimining tezligi,












































































Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling