O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «ekologiya»


Download 4.88 Mb.
bet5/27
Sana17.09.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1679981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Экология тажриба 2022

Qisqacha tushuncha:
Meteorologik sharoitlar odatda ish joyidagi havoning harorati, nisbiy namligi, havoning harakat tezligi va atmosfera bosimi bilan belgilanadi. Bular uchun GOST va RECHMlar quyidagi 1.1-jadvalda berilgan:
1.1-jadval

Yil fasli

Ish kategoriyasi

Harorat, oS

Nisbiy namlik me’yori %

Ruxsat etilgan chegaraviy me’yor

Harorat oS

Nisbiy namlik, %

Doimiy bo‘lmagan ish joyida harorat, oS

Yilning sovuq va o‘tish davri

Engil-1

20-23

60-40

19-25

75

15-26

O‘rta og‘ir-II a

18-20

60-40

17-23

75

13-24

O‘rta og‘ir-II b

17-19

60-40

15-21

75

13-24

Og‘ir-III

16-18

60-40

13-19

75

12-19

Yilning issiq davri

Engil-1

22-25

60-40

19-25

75

15-26

O‘rta og‘ir-II a

21-23

60-40

17-23

75

13-24

O‘rta og‘ir-II b

20-22

60-40

15-21

75

13-24

Og‘ir-III

18-21

60-40

13-19

75

12-19



Eslatma: Ish joyidagi harorat aqliy mehnat kishilarining ish joylari bo‘yicha xonadagi pol sathidan =1200 mm, ya’ni 1,20 m balandlikdagi harorat, tik turib ishlovchilar ish joyidagi harorat esa = 1700÷2000 mm balandlikdagi harorat bo‘yicha tekshiriladi. Ushbu tajriba ishlarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlar shu jadvalga solishtiriladi.
Kerakli jihoz va materiallar:
Umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga doir rangli plakatlar, termometr(1-rasm), psixrometr(2-3-rasm), shtativ(4-rasm), distillangan suv, 150 sm li o‘lchov lentasi, taxminan 10 sm2 o‘lchamdagi doka.















1-rasm: Simobli termometr

2-rasm: Assman psixrometri

3-rasm: Avgust psixrometri

4-rasm: Laboratoriya shtativi

Hozirgi zamonda informatsion texnologiyalar asosidagi termometr, psixrometr yoki universal o‘lchov asbob(5-rasm)lardan foydalanish mumkin.







5-rasm: Havoning harorati va nisbiy namligini aniqlovchi universal o‘lchov asbobi
Atrof-muhit havosi quruq bo‘lsa, ho‘llangan termometr tx ko‘rsatishi qancha past bo‘lsa, bug‘lanish intensivligi katta bo‘ladi. Havo suv zarrachalariga to‘yingan bo‘lsa, unda ho‘llangan termometrning tx ko‘rsatishi quruq termometr tk ko‘rsatishiga teng bo‘ladi, ya’ni tx tk.
Odatda nisbiy namlikni o‘lchash uchun Avgust va Assman psixrometrlaridafoydalaniladi. Assman psixrometri ancha mukammal bo‘lib, unda ikkala termometr rezervuarlari metalldan yasalgan trubkalar ichiga joylangan.
Ishning qisqacha mazmuni:

  1. Umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish;

  2. Mikroiqlimning asosiy kattaliklari va meteorologik omillarning kishi organizmiga ta’siri bilan tanishish;

  3. Mikroiqlim kattaliklari – harorat, nisbiy namlik kattaliklarini o‘lchash usullarini o‘rganish;

  4. Tajriba sharoitida ish joylaridagi mikroiqlim kattaliklaridan havoning harorati va nisbiy namlikni o‘lchash va topilgan kittaliklarni sanitariya hamda standart me’yorlari bilan taqqoslash.

Ishlab chiqarish korxonalari va tajriba xonalarida turli kasb kasalliklari, baxtsiz hodisalar va turli ko‘rinishdagi jarohatlanishlar yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilmaslik hisoblanadi.
Umumiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga quyidagilar kiradi:
-har qanday ishni boshlashdan oldin xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida yo‘riqnoma(instruktaj) olish shart;
-tajriba xonasiga ruxsatsiz kirish ta’qiqlanadi;
-tajriba ishlarini bajarishda maxsus kiyimlar va himoya vositalaridan foydalanish kerak;
-zararli va zaharli, o‘tkir hidli bug‘lanuvchi moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hidlash mumkin emas;
-elektr qurilmalaridan foydalanishdan avval elektr xavfsizligi qoidalarini bilish zarur;
-ish joylarida va tajriba xonalarida yong‘in xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi zarur;
-ish joylarida va tajriba xonalarida birinchi tibbiy yordam uchun dorilar qutichasi bo‘lishi zarur;
-har bir ishni shu ishga tegishli dastgoh yoki asboblar yordamida bajarish zarur;
-ish yakunida har bir ishlatilgan asbob-uskunalarni o‘z joyiga qo‘yib, elektr, gaz va suv tarmoqlari berkitib qo‘yilishi zarur va hokazo.
Ishning me’yoriy sharoitini yaratishning asosiy talablaridan biri ish joyidagi meteorologik sharoitlarni yaxshilash hisoblanadi. Meteorologik sharoitlar ish joyining havo muhitini bildiradi.
Ishlab chiqarish sexlarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi meteorologik ko‘rsatkich(parametr)lar bilan harakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigienik sharoitlari issiqlik nurlanishining intensivligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko‘lami sifati (havoning gazlar, bug‘lar, changlar, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligi)ga ham bog‘liq.
Sexlarda ish unumdorligini oshirishda me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratish ham muhim rol o‘ynaydi. Sexlarda mo‘‘tadil(me’yoriy, qulay) sharoitlar sanitariya me’yorlari GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi.


Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling