O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi yong’in va yonish-portlash xavfsizligi namangan-2022


-ma’ruza. Yong’indan darak beruvchi qurilmalar


Download 4.59 Mb.
bet5/13
Sana07.10.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1694576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Yong\'in va yonish-portlash xavfsizligi — 4-kurs

5-ma’ruza. Yong’indan darak beruvchi qurilmalar
Dunyoda har yili 3,1 milliondan ortiq yong'in sodir bo'lib, ularda 20 mingdan ortiq odam halok bo'ladi. Yong'inlarning 50% ga yaqini binolarda va transportda sodir bo'ladi, shuningdek ular barcha qurbonlarning 90% ni tashkil qiladi. Yong'inlar soni bo'yicha AQSh dunyoda etakchi hisoblanadi. Biroq yong'inlarda halok bo'lganlarning statistik ma'lumotlariga ko'ra, 100 ming kishiga eng ko'p jabrlanganlar soni Rossiya, Belorusiya va Ukrainada. Dunyoda yong'inlar statistikasi asosan o'tgan asr oxirida tashkil etilgan ikkita tashkilot tomonidan baholanadi. Ular 20 yildan ortiq vaqt davomida barcha yong'in ma'lumotlarini qayta ishlash va tartibga solish bilan shug'ullanmoqdalar.
Umumiy ma’lumotlar Yong’inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o’z vaqtida aniqlash va yong’in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Bunda aloqa vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi.


Respublikamizga xorijiy texnik vositalar muntazam kirib kelmoqda, neft va gaz sanoati, energetika, rangli metallurgiya, kommunikatsiya va aloqa tarmoqlari keskin rivojlanmoqda. Bu yong’in o’chirish texnik vositalariga bo’lgan talab va e’tibor o’zo’zidan oshishiga olib keladigan omillardan biridir. Jumladan, xorijiy davlatlarda yong’inga qarshi kurashish, yong’inlar oldini olish maqsadlarida zamonaviy texnik vositalardan samarali va unumli foydalanib kelinmoqda. Bu esa avtomatik yong’in xabarlovchilarining ham yangi avlodlari yoki turlarning yaratilishi va rivojlanishini taqazo etadi. Yong’inni tez va samarali o’chirish asosan, uning aniqlanish reaksiyasi tezligiga, yong’inni mahalliylashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning tezlik bilan bajarilishiga bog’liqdir


Yong’inning rivojlanish dinamikasi quyidagilarga bog’liq:
• binoning konstruktiv xususiyatlariga;
• yonuvchan va portlashdan xavfli moddalarning hajmiga;
• xonadagi (binodagi) odamlar soniga va ularning yong’inga qarshi chora-tadbirlarni belgilashga tayyorgarlik darajasiga;
• yong’indan xabarlovchi tizimlarning, avtomatik yong’in o’chirish qurilmalari va odamlarni ogohlantirish tizimlari mavjud yoki mavjud emasligiga bog’liq




Passiv nazorat usuli, inson tafakkuri va uning intizomiga bog‘liq bo‘lib, yong‘in o‘choqlarini aniqlash va o‘t o‘chiruvchilarni 01 raqamli telefon orqali (shahar sharoitida) va uzluksiz zang urish yo‘li bilan (dala, qishloq sharoitida) yordamga chaqirishdan iborat bo‘ladi. Afsuski bu usul yong‘inni dastlabki 0-5 daqiqa ichida emas, balki o‘chirishni boshlanish vaqti ancha kechikib qolishiga, ba’zan ochiq havodagi ob’ektlarni butunlay yonib, katta moddiy zarar keltirish bilan tugashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aktiv nazorat usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlaydigan texnik vositalarni qo‘llashga asoslangandir. Bunda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va o‘t o‘chiruvchi xizmat yordamini chaqirish, odam omiliga bog‘liq bo‘lmasdan, avtomatik tezkor tarzda bajariladi. Shu maqsadda, xalq xo‘jaligining muhim ob’ektlarida qo‘llaniladigan, avtomatik va yarim avtomatik tartibda ishlaydigan o‘t o‘chirish tizimlarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘inni dastlabki belgilarini aniqlab markaziy boshqaruv pultiga belgilangan xabarni yetkazib beradigan darakchilar o‘rnatiladi.
Darakchilar qo‘riqlanayotgan xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi va qorovulxonada o‘rnatilgan qabul punkti bilan aloqa tarmog‘i orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday tizimlarni ishlash qobiliyati doimiy nazorat ostida bo‘lib, yong‘inni «kutish» tartibida kechadi va shu sababdan bu tizimlar o‘rnatilgan ob’ektlarda yong‘inni kelib chiqish sabab va oqibatlari tezda bartaraf etilib, bino va inshootlar saqlab qolinadi. Yong‘in darakchilari tizimi asosan yong‘inni dastlabki belgilari bo‘lmish tutun, yorug’lik yoki u yerdagi haroratni elektr xabarlariga aylantira oladigan xabarchi moslamalardan iborat bo‘ladi. Bu xabarchi moslamalar aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lib, qabul punktiga o‘ziga xos tovush yoki yorug’lik signallari orqali darak beradi hamda avtomatik o‘t o‘chirish va tutun haydash uskunalarini zudlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi.



O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni ta’siridan yengil erib ketuvchi «Vuda» qorishmasi asosida ishlaydigan, DTL rusumli yong‘in daraklagichlari ishlab chiqarila boshlangan edi (2-rasm).


Drencher qurilmali yarim avtomatlashgan o‘t o‘chirish tizimi Drencher qurilmalari ishlash tartibiga ko‘ra yarim avtomatlashgan bo‘lib yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan sanoat binolari, teatr va omborxonalarda yong‘inni o‘chirish, yong‘in yuzaga kelganda suv pardalari hosil qilish uchun ishlatiladi. Bunday jihozlarni ishga tushirish va boshqarish navbatchi tomonidan amalga oshirilganligi sababli uni yarim avtomatlashgan o‘t o‘chirish jihozi deb ataladi. Drencherli o‘t o‘chirish tizimi suv ta’minoti tarmog‘idagi bosim hisobiga yoki maxsus nasos hisobiga ishlashi mumkin (5-rasm). Talablarga ko‘ra seksiyalarga ajratilgan drencherli yarim avtomatik tizimlar alohida suv tarqatish tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak. Bu esa tizimning ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Sprinklerli avtomatlashgan yong‘in o‘chirish qurilmalari Sprinklerli o‘t o‘chirish qurilmalari yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan binolarda o‘t o‘chirish va yong‘inni lokalizatsiya qilish maqsadida o‘rnatiladi. Avtomatlashgan sprinklerli o‘t o‘chirish tizimi yong‘in bo‘lgan hollarda avtomatik ravishda ishga tushadi va bu haqida tovushli va yorug’lik (lampali) xabar beradi. “Sprinkler”–so‘zi “sachratuvchi”, “purkovchi” degan ma’noni anglatadi, demak o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu o‘t o‘chirishda ma’lum balandlikdan suvni sachratib yong‘inni o‘chirish va uni tarqab ketishini oldini oladigan maxsus moslamadir. Sprinkler qurilmasi bilan avtomatik ishlaydigan yong‘in o‘chirish tizimi va sprinkler kallagining ichki tuzilishi 6-rasmlarda ko‘rsatilgan.






Nurli va shleyfli yong‘in xabarchilari Uzatgich radiostansiyalarda  yuqori chastotalar toklari,  elektr simlari,  quvurlari va binoning yonayotgan qismlari bilan daxldor boshqa metal konstruksiyalardan hosil bo‘ladigan konturlarda induksiyali toklar yong‘in chiqishining sabablaridan, biri bo‘lishi mumkin (gulqog‘ozlar, yog‘och moslama, fanera va hokazo). Yuqori chastotalar induksiyali toklar kabel transheyalari va yog‘och devorli kanallarda yong‘inni chaqirishi mumkin. Bu kanallarda yonuvchi gazlar mavjud bo‘lsa, ayrim uchqunlar va hatto og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan portlashlar bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Elektr aloqa korxonalarining nurli tizimlari orasida TLO– 16, TLO-30, TLO-60 (trevoga nurli optik) va boshqa yong‘in knopkali nur tizimi xabarchasi (PKIL) va PILV qo‘llovidan tarqalgan.
Yong’indan xabar beruvchi vositalarni tanlash uchun ishlab chiqarish korxonalari xonalarining tavsiflari
Nazorat savollari 1.Yong’indan xabar beruvchilar nima maqsadda qo’llaniladi?
2.Yong’indan xabar beruvchilarning qanday turlari mavjud?
3.Tutun xabarlovchisining ishlash prinsipi qanday?
4.Ionlashtiruvchi tutun xabarlovchisining ishlashi nimaga asoslangan?
5.Yong’indan xabar beruvchilarni tanlashda qanday ko’rsatkichlar hisobga olinadi?



Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling