O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
ulardan foydalana olishi;
- boshqaruvning zamonaviy kontseptsiyasi asosida majmuani boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish; - iqtisodiy tahlil qilish usullarini qo’llay olish; - bozor va raqobat muhitini tadqiq etish; - majmua faoliyatini istiqbolga prognozlash usullaridan foydalanish ko’nikmalarga ega bo’lishi; - majmuani rivojlantirishni prognozlash va iqtisodiy tahlil qilish usullarini qo’llay olish; - agrar sohaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish usullarini; - ishlab chiqarishda mavsumiylik, tabiiy xavflarni hisobga olish; - mavjud real raqobat muhitini tahlil qilish, raqobatbordoshlikni oshirish usul va yo’llariini tanlash; - iqtisodiy tahlil natijalaridan foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiyot” (sanoat), ta’lim yo’nalishida va “Iqtisodiyot” (makroiqtisodiyot) ta’lim yo’nalishida ixtisoslik fani sifatida 7- semestrda o’qitiladi. Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar “Iqtisodiy nazariya”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Statistika”, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Iqtisodiy matematik usullar va modellar”, “Iqtisodiy tahlil va audit”, “Marketing”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” hamda “Menejment” fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotini o’rganish qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning faoliyatini oxirgi mahsulotga qaratishning samarali yo’llarini topish imkonini beradi. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling