O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
5-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINI INFRATUZILMASI
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Respublika agrosanoat majmuasi infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari 5.1. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining mohiyati, tarkibi
55
5-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINI INFRATUZILMASI 5.1. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining mohiyati, tarkibi 5.2. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining ahamiyati, iqtisodiyotdagi o’rni va hozirgi holati 5.3. Respublika agrosanoat majmuasi infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari 5.1. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining mohiyati, tarkibi Infratuzilma – lotincha so’z bo’lib, quyida joylashgan, xizmat ko’rsatuvchi degan ma’noni beradi. Infratuzilma – ishlab chiqarish jarayoni samarali amal qilishi uchun zarur xizmatlarni ko’rsatuvchi yo’nalishlar (sohalar)ni o’z ichiga oladi. Ma’lumki ishlab chiqaruvchi sub’ektlar o’z ishlab chiqarishi uchun juda ko’plab sharoitlarning, omillarning bo’lishini talab qiladi. Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayoni shu darajada tezlashib, murakkablashib ketdiki, iqtisodiy jihatdan juda katta imkoniyatga ega bo’lgan korxona va firmalar ham o’z ishlab chiqarishi uchun zarur barcha xizmat turlarini o’z hisobidan tashkil qila olmay qoldilar. Bu xizmatlar ixtisoslashgan holda tashkil etilgandagina samarali hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi o’ziga xos bo’lmagan xizmat turlarini o’z tarkibida tashkil etmasdan ularni ixtisoslashgan xizmat ko’rsatuvchilardan sotib olgani iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Albatta ayrim xizmat turlarini yirik ishlab chiqaruvchilar o’zlari tashkil etishlari mumkin. Infratuzilmaning asosiy vazifsi ishlab chiqarishning samarali ishlashi uchun xizmat qilish, ishlab chiqarish jarayonlarining uzliksiz, bir me’yorda ishlashi uchun sharoit yaratishdan iborat. Infratuzilma qishloq xo’jaligi korxonalari bajaradigan ko’plab funktsiyalarni o’z zimmasiga oladi. Bu qishloq xo’jaligi korxonalariga resurslarni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish imkoniyatini beradi. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi: agrosanoat majmui xizmatlar bozori ko’p qirrali murakkab universal tabiatlidir; unga ma’lum darajada mavsumiylik xosdir; ayrim sohalarda monopollik darajasi yuqori. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalar asosan monopol holdadirlar; fermerlar va dehqonlarning mavqei ushbu bozorda pastdir; xizmatning barcha turlari ham yaxshi shakllangan va rivojlangan emas. Agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasiga quyidagilar kiradi: transport tizimi va yo’llar; aloqa tizimining ishlab chiqarish bilan bevosita bog’langan qismi; bank va moliya bozorining tegishli qismi; qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash tizimi; qishloq joylarda elektr energiyasini uzatish liniyalari; ilmiy – ishlab chiqarish laborotoriyalari; zooveterenariya xizmatlari; Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasiga quydagi sohalar kiradi: aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimi; yo’lovchi tashish tizimi; aloqa xizmati; 56 uy – joy xo’jaligi; maktabgacha ta’lim tizimi; ta’lim tizimi; sog’liqni saqlash tizimi; aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimlari; sport-sog’lomlashtirish tizimi; kommunal xizmatlar; madaniy –maishiy xizmatlar tizimi va boshqalar. Agrosanoat majmuasining ijtimoiy infratuzilmasini quyidagicha ifodalash mumkin. (5-chizma) 5- chizma. Agrosanoat majmuasi ijtimoiy infratuzilmasining tarkibi Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling