O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Agrosanot majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
4.2. Agrosanot majmuasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining ahamiyati va iqtisodiyotidagi o’rni Agrosanoat majmuasi 3-sohasining ahamiyati har qanday davlat iqtisodiyoti uchun beqiyos. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bu sohaning salmog’i ayniqsa yuqori. Malakat mehnat resurslarining 22 foiziga yaqini shu sohada band. Yalpi ichki mahsulotning 23 foizga yaqini shu tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning nobud bo’lmasligi avvalo shu tarmoqlar rivojiga bog’liq. Agrosanoat majmuasi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish ham asosan shu tarmoqlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Ular aholini yuqori sifatli mahsulotlar, ish joylari bilan ta’minlashda ham alohida o’rin tutadi. Mamlakat aholisining ish bilan ta’minlanishida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlar sotuvchi tarmoqlar va xizmatlarning ahamiyati beqiyos. Bu tarmoqlarni rivojlantirish mamlakatda ishsizlik muammosini yumshatadi va unga barham berish imkoniyatlarini kengaytiradi, yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari nobud bo’lishining oldini oladi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda yetishtirilayotgan ba’zi turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 30 foizgachasi nobud bo’lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri agrosanoat majmuasi 3-sohasining yetarli darajada rivojlanmaganligidadir. Yuqoridagilarni hisobga olib sohaning ahamiyati va iqtisodiyotdagi o’rnini quyidagilar bilan belgilash mumkin: qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning nobud bo’lishini oldini oladi va natijada katta iqtisodiy samara beradi; aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilaydi, ijtimoiy masalalarni yechimini optimallashtiradi; qishloq xo’jaligini imkon darajasida bir me’yorda moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi; aholining turmush darajasini oshiradi; qishloq xo’jaligini unga xos bo’lmagan funktsiyalardan (mahsulotni saqlash, tashish va x.z.) ozod qiladi; mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi; aholini yilning turli fasllarida sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashni yaxshilaydi; qishloq aholisining mehnat malakasini oshiradi; mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini sifatli ta’minlaydi. Agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi tarmoqlarni rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy strategiyasining bosh yo’nalishlaridan bir hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilmoqda. Hozirgi paytda yengil sanoatni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tibor kuchaytirildi. Bu sohada vujudga kelayotgan yangi qo’shma korxonalar yangi texnika va texnologiyaning kirib kelishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari aholini ish bilan bandligi oshishiga xizmat qiladi. Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasida yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quyidagi hajmda bajarilmoqda: 53 Mevalar – 15%, sabzavot – 10%, poliz mahsulotlari – 5%, uzum – 23%, teri – 26%, jun – 15%, go’sht – 25%, sut – 5%, paxta xomashyosi – 25%. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yalpi mahsulotni yetishtirishda kichik va o’rta korxonalar salmog’i 60-70% tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasida yalpi mahsulotni yetishtirishda kichik korxonalarni salmog’i 1991 yilda 1,5% tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilga kelib u 31%ni 2015 yil yakunlarga ko’ra 56,7 foizni tashkil etdi. Qishloq xo’jalig mahsulotlarani saqlash va qayta ishlash bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari uzoq yillik tajriba va bilimga ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash masalalari bo’yicha Markaziy Osiyoda 9-12 asrlarda bir qator asarlar paydo bo’lgan. Ibn Al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn Rashta (12-asr), Xazrad Mashhadiy Sayid Muhammad (12-asr) kabilarning asarlarida qishloq ho’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash haqida ma’lumotlar berilgan. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash masalalari juda qadimdan o’rganilgan va yillar o’tishi bilan takomillashib rivojlanib borgan. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling