Aholi o’rtasida ishsizlik muammosi
Download 71.99 Kb.
|
Tadqiqot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Aholi o’rtasida ishsizlik muammosi Reja: Ishsizlik muammosi va u haqida umumiy tushunchalar. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va Ishsizlik muammosini hal qilish yo’llari. Aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish chora -tadbirlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Tayyorladi: Nezomiddinov Umid,Sa’dullayev Jonibek,Ergashev Jamshid KIRISH Mavzuning dolzarbligi.Aholi va uning faol qismi bo’lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo’lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismi hisoblanib, bozor iqtisodiyotining tarkibiy elementidir. Bozor iqtisodiyoti ham barcha bozorlar singari “talab va taklif” qonuniga asoslanganligini hisobga olgan holda ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo’lishi mumkinligini unutmaslik zarur. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilish sabablaridan biri bu ishsizlikdir. Ishsizlik va u bilan bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.Ishsizlikni tarixini o`rganish orqali esa hozirgi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ishsizlkka qarshi kurashish usullari, ishsizlikning oqibatlarini yumshatish va uni oldini olishdagi siyosati, qo`llagan chora-tadbirlarini o`rganib, tahlil qilib ishsizlikka qarshi samarali kurashish mumkun.Maqsad va vazifalar. O’zbekistonda ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni barataraf etish yo’llari hamda uning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashning nazariy asoslarini o‘rganish, jahon mamlakatlarida ishsizlikka qarshi kurashish usullarini tadbiq etish, yoshlar orasida ishsizlik muammosini kamaytirish usullarini o‘rganish va tavsiyalar berish. -ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish -ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllarini o’rganish -ishsizlik natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish -O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va uni oldini olish istiqbollarini o’rganib , qanday qilib ishsizlikning oldini olish va aholining bandligini ta’minlash xususida so’z yuritish -yoshlar orasida ishiszlik muammosini jahon tajribalarini o‘rganish -mamlakatimizda o‘ganilgan tajribalarni tadbiq etish hamda tavsiyalar berish O`zbekiston Respublikasining 37-moddasida har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi ko`rsatilgan.2017-yil 6-maydagi O`zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi bandligini ta`minlashdagi “aholi bandligini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning organ rahbarlarining shaxsiy ma`sulyatini oshirish chora tadbirlar to`g`risida”gi qaori muhim ahamiyatga ega. Download 71.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling