Aholi o’rtasida ishsizlik muammosi
Download 71.99 Kb.
|
Tadqiqot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- -mehnat taklifini rag’batlantirish; -mehnatga bo’lgan talabani rag’batlantirish;
- -aholining kamroq raqobatbardosh guruhlari uchun bandlik dasturini ishlab chiqish; -mintaqalarga yordam ko’rsatish chora-tadbirlari va shu kabilar.
O’zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida» gi qonunning 2-moddasida qayd etilganidek:«Ish bilan ta’minlash-fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir». Quyidagilar ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanadi: yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ish vaqtida ma‘lum bir to’lov uchun ishlayotganlar ,shuningdek, haq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo’lgan fuqarolar; betobligi, mehnat ta’tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ishjoyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar; o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar (tadbirkorlar, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a’zolari, dehqon xo’jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari, kooperativlarning a’zolari, yozuvchilar, rassomlar va boshqalar); Qurolli kuchlarda, milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan shuningdek, muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolar; ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar; qonun hujjatlariga muvofiq, faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar. Yuqorida ko’rsatilgan holatlardagi fuqarolar ish bilan ta‘minlangan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ga muvofiq, quyidagi sabablarga ko’ra, vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qoladi va ular quyidagi holatlarda ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanadilar: Davlat va jamiyat vazifalarini bajarayotgan vaqtda; Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda; Jamiyat manfaatlariga doir xarakamlar qilganda. Aholini hisobga olishning amaliy ehtiyoji ish bilan ta’minlashning turlarini ajratib ko’rsatish zarurligi nazarda tutadi. Masalan, to’liq, oqilona va erkin tanlangan ish bilan ta’minlash bo’ladi. 7-rasm. To‘liq , oqilona , erkin ish bilan ta‘minlashning mohiyati. Download 71.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling