Aholi o’rtasida ishsizlik muammosi


Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va ishsizlik muammosini hal qilish yo‘llari


Download 71.99 Kb.
bet3/10
Sana11.01.2023
Hajmi71.99 Kb.
#1089405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tadqiqot2

2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va ishsizlik muammosini hal qilish yo‘llari.
Ishsizlikning sababi mehnatga bo’lgan bozor talabining o’zgarib turishidir. Bu, o’z navbatida, tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishidan kelib chiqadi. Texnika taraqqiyoti, mashinalarni ko’plab ishlatish ish kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Iqtisodiy turg’unlik va tushkunlik davrida mehnatga talab kamayadi, bu esa ishlab chiqarishning o’zidagi qisqarish bilan izohlanadi. Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi. O‘zbekistonda ishsizlik oʻsishining asosiy sababi, eng avvalo, ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy oʻsish dinamikasi bilan ishsizlik oʻrtasidagi aloqa uzviy bog‘liq koʻrsatkichlardir. Qoidaga koʻra, G‘arb iqtisodchilari iqtisodiy oʻsish sur’atlarini aholi ish bilan bandligining oʻsish sur’atlari bilan, tanazzulni esa ishsizlik darajasining oʻsishi bilan bog‘laydilar. Haqiqatan ham, industrial turdagi normal ishlayotgan bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning ortishini anglatadi. Fuqaroni ishsiz shaxs,deb e’tirof etish uchun unda bir vaqtning o’zida quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim:
Birinchi shart-ishga qabul qilinuvchi shaxs mehnatga layoqatli bo’lishi lozim va amaldagi qonun hujjatlariga binoan, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak.
Ikkinchi shart- Fuqaro shaxsning ishsizlikning e‘tirof etish uchun uning pul mablag’lari keladigan joyi bo’lmasligi kerak.Agar fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb hisoblanadi. Binobarin, nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan dividentlar, banklarga qo’yilgan mablag’larga hisoblagan fonzlar ish haqi (mehnat daromadi) ga kirmaydi. Xudi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o’qiyotganlar esa mazkur qonunning 2-moddasiga asosan ish bilan ta’minlangan, deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs, deb e’tirof etilmaydilar.
Uchinchi shart – Ishga olinayotgan shaxs ishni bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib, rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.

Download 71.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling