Aholi o’rtasida ishsizlik muammosi
Oqilona ish -talab va taklif muvozanatiga erishish
Download 71.99 Kb.
|
Tadqiqot2
Oqilona ish -talab va taklif muvozanatiga erishish.
To‘liq ish bilan ta‘minlash- kasbga oid mehnat bilan . Erkin ish- o’zining qobiliyati bo‘yicha faoliyat . Aholini ish bilan taʼminlash davlat tomonidan va ma‘lum bir davlat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.Buni umumiy faoliyat va maxsus faoliyatga bo’lish mumukin. Umumiy faoliyatga Vazirlar Mahkamasi, mehnat vazirligi, hokimiyatlarni kiritish mumkin. Jumladan, Vazirlar, mahkamasi har yili ishchi o’rinlari vujudga kelayotgan hududlarni aniqlab, Respublika hukumati tomonidan rag’batlantiriladi. Mehnat vazirligi ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonunlar qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat o’rnatadi. Hokimiyatlar esa har bir hududning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi. Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlariga, birinchi navbatda, aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati (maxsus faoliyat) ni kiritish mumkin. Uning vakolatiga quyidagilar kiradi: mehnat bozori holatini tahlil qilish va oldindan aytib berish, hamda tegishli axborot tarqatish; bo’sh ishchi o’rni va ishga joylashtirishni so’rab murojaat qilgan fuqarolar hisob-kitobi; Ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, har bir kasbga xodimga qo’yilgan talablar, ish beruvchilarga ega ishchi kuchi bilan ta’minlash to’g’risida maslahatlar berib turish; fuqarolarga munosib ish tanlashda ish bilan ta’minlovchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam ko’rsatish; ishlamaydigan fuqarolarga kasb o’rgatish, ularni qayta o’qitish va malakasini oshirish; ishga joylashish bo’yicha xizmat ko’rsatish bo’shayotgan xodimlarga va ishsiz aholiga kasb tanlashda yordamlashish; ishsizlarni ro’yxatdan o’tkazish, ularga yordam ko’rsatish. Aholini ishga joylashtirish davlat xizmati ushbu vazifani bajarish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlardan ma‘lumotlar bazasidagi ma’lumotlardan xabardor bo’lish va boshqa tadbirlar to’g’risida zarur ma’lumotlar olish huquqiga ega, chunki bi bo’sh ishchi o’rni hosil bo’lishi mumkin. Shuningdek-ishning tavsifi va shart-sharoitlari ham ma’lum qilib turilishi barchaunday o’zgarishlar natijasida xodimlar ishdan bo’shatilishi yok turdagi korxona, muassasa, tashkilotlarga fuqarolarning ishga joylashtirish uchun yuborilishi; Korxona, muassasa, tashkilotlarda ishga joylashni biron (saqlangan ish o’rni) joriy qilish va ijtimoiy yordamaga muhtojlarni muhofaza qilish yuzasidan hokimiyatga taklif kiritish; korxona muassasa va tashkilot ishonch qog’ozi bo’yicha fuqarolar bilan ish joyiga borish uchun yo’l haqini qoplash yuzasidan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish; Ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarning shtatiga qarab, ularni haq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborish; ishsizlarga yordam ko’rsatish fondi hisobidan ishsizlarga kasb o’rgatish va qayta o’qitish; Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bunga esa: mehnat unumdorligini oshirish; ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash; Yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish; Ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish; oqilona soliqlar orqali erishish mumkin. Aholining ish bilan bandlik darajasi oshirish doirasida tashkil etilayotgan chora – tadbirlar hammasi davlat ehtiyojlarni oshirish va barcha fuqarolarning bandligini ta‘minlash eng muhim bir vazifasining bajarilishi hisoblanadi. Bandlikni ta‘minlash uchun qilinayotgan ishlar doirasida shuni ko’rishimiz mumkinki, mutaxassisliklari bo‘yicha qaytadan o‘qitish, hech qanday tajribasi yo‘q shaxslarni ma‘lum bir bo‘sh ish joyi bo’yicha kasb – hunarga o‘rgatish , xususiy korxonalar tashkil etish, uy sharoitida qishloq xoʻjaligi sanoatini rivojlantirish, erkin o‘zini o‘zi ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun muhim tadbirlar va loyihalar ishlab chiqilmoqda.Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o’zgarishlari ko’zga tashlanmoqda. Biz uchun o’ta dolzarb bo’lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko’rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag’batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Xulosa Tadqiqot olib borish natijasida shunday xulosalar kelib chiqadi. Birinchidan, Aholini ish bilan band qilish muhim vazifa hisoblanib unda quydagi siyosatlarini amalga oshirish mumkin. Ish haqini oshirishda firmalararo inflyatsiya raqobatini kamaytirish uchun kam foydali korxonalarni qo’llab-quvvatlash va yuqori daromadli firmalar foydasini to’xtab turishga lozim. Ikkinchidan, zaif raqobat qobiliyatga ega ishchilarni mehnat bozorida qo’llab-quvvatlash ,ularni malakalarini oshirish uchun qaytadan tayyorlov kurslarida o‘qitish lozim. Buning uchun tadbirkorlar ko’pgina subsidiyalar oladi. Uchinchidan, ishchi kuchiga talab va aholi bandligini oshirishni rag’batlantirish ish kuchi taklifiga ta’sir etish ,nogironlarni qo’llab-quvvatlash ,ishsizlikda pul mablag’lari bilan yordam ko’rsatish, ularga mos ish o‘rinlariga joylashtirish ,ishsizlarning bandligini ta‘minlaydi. To’rtinchidan, barchamizga ma’lumki, rivojlanayotgan davlatlar qatori boshqa rivojlangan davlatlarning ish bilan bandlik siyosati masalalaridan foydalanib, ish va kompetensiya strategiyasini ilgari surish ,mehnat bozorida samaradorlik va egiluvchanlikni ta’minlash ,maxsus mutaxassisliklar bo’yicha ehtiyojga insonlar ishlarida diskriminatsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik ,mehnat bozorida ayol va erkaklar o’rtasidagi teng huquqlilikka erishish bo’yicha yangi islohotlarni yo’lga qo’yish, aholining bandligini ta‘minlaydi. Beshinchidan, Ishchi kuchiga talab va aholi bandligini oshirishni qo’llab-quvvatlash , aholining ishsiz qatlam qismini talab va takliflar asosida ishga joylashtirish muhim hisoblanadi. Ishsizlarga vaqtinchalik ishga joylashish va katta bo’lmagan ishlab chiqarish ish staji taklif etiladi. Bu esa ularning ochiq mehnat bozorida ish izlashlarini osonlashtiradi yoki biror-bir kasbiy ta’limni tanlashiga asos qo’yadi. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib , quydagi takliflarni keltirib o‘tushimiz mumkin: Birinchidan, Hozirgi kunda rivojlangan davlatlardan andoza olgan holda ,ularning tajribalarini sinab ko’rish, aholining har bir tabaqasini mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta‘minlash, moddiy mablag‘ yetmagan holatlarda davlat byudjeti tomonidan moddiy mablag‘larni yetkazib berish lozim. Ikkinchidan, Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholi ish bilan bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari bo’yicha xorijiy amaliyotlar tajribasini ilmiy tadqiq va tahlil etish mazkur davlatlar tajribasining ilg’or, respublikamiz uchun qulay bo’lgan jihatlaridan foydalangan holda, aholi ish bilan bandlik darajasini oshirishning samarali, istiqbolli yo’nalishlarini aniqlash va amaliyotda qo’llab ko’rish bandlikni ta‘minlaydi. Tayyorlagan tadqiqotimiz orqali bugungi kunda kelib chiqayotgan aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi muammolarni rivojlangan davlatlarning tajribalaridan foydalanib, aholining bandligini oshirishning Download 71.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling