Tayyorladi: Do'stmurodov Asqar Abduraximov Otabek mavzu: aholing o'zini o'zi ish bilan bandligini oshirishning rag'batlantirish yo'llari kirish Reja


Download 27.04 Kb.
bet1/5
Sana13.09.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1677469
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AHOLING O\'ZINI O\'ZI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHNING RAG\'BATLANTIRISH YO\'LLARI


Tayyorladi: Do'stmurodov Asqar Abduraximov Otabek
MAVZU: AHOLING O'ZINI O'ZI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHNING RAG'BATLANTIRISH YO'LLARI
Kirish
Reja:
1. Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat bozorining ta’siri
2. Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va ko’rsatkichlari
3. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat bozorining ta’siri

Mehnatga qobiliyatli aholining oqilona bandligining shakllanishi faqat mehnat bozorining samarali rivojlanishi va iqtisodiyotning barcha sektorlarida tarkibiy islohotlar o’tkazilishi asosida amalga oshirilishi mumkin. Bular ortiqcha ishchi kuchining ommaviy ozod bo’lishi va ularni sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlariga va shaxsiy mehnat faoliyati sohalariga hamda shahar xalq xo’jaligiga oqib o’tishi xodimlar zahiralarining shakllanishi va ularni bozor mexanizmlari asosida safarbar qilinishi va qayta taqsimlanishi jarayonini belgilab beradi.


Iqtisodiy adabiyotlarda «Oqilona bandlik» tushunchasi haqida turli hil nuqtai nazarlar mavjud. Rus iqtisodchi olimi A.B.Naumovning fikricha, «Oqilona bandlik» tushunchasi samarali to’liq bandlik bilan sinonim bo’ladi. Umumiy ko’rinishda to’liq bandlik ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga qobiliyatli aholining ish joylariga talabini butunlay qanoatlantirganligini bildiradi. Agar aholining ishchi joylariga talabi to’la qanoatlantirilsa va ishchi kuchidan eng katta samara bilan foydalanilsa, unda aholi bandligi oqilona bo’ladi [1, 18-b.]. Ukrain iqtisodchisi V.F.Onishenko ham xuddi shunday nuqtai nazarni qo’llab-quvvatlab, ta’kidlaydiki, «Oqilona bandlik to’liq va samarali bandlikning birlashmasidir. Oqilona bandlik o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1) aholining ijtimoiy foydali mehnatga ehtiyojini to’liq qanoatlantirish; 2) ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni samarali muvofiqlashtirish; 3) ijtimoiy mehnat unumdorligining eng katta imkondagi darajasi va uning samaradorligi; 4) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining ma’lum darajasida aholining moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini imkoni boricha to’liqroq qanoatlantirish» [2, 14-b., 17-18-b.].
Mehnat bozorining rivojlanish sharoitlarida bu olimlarning oqilona bandlik - mehnatga qobiliyatli aholining doimiy ish joylariga talabini to’liq qondiradi, degan fikrlariga qo’shilish qiyin. Mehnat bozori yoppasiga bandlikni ta’minlamaydi va raqobat asosida soni o’zgarib turgan «doimiy» ishchi joylarini kafolatlamaydi.
Bizning fikrimizcha, aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi. Bunday holda ishsizlikning yo’l qo’yilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi. Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnat qobiliyati» kishilarining iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali tayyorgarligi bo’yicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli, aholining oqilona bandligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi kuchining qiymati asosida «mehnat qilish qobiliyati»ni bozorda sotish uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi.
Yuqorida taklif etilgan tushuncha nuqtai nazaridan qaraganda respublikamizda aholining oqilona bandligini shakllanishiga hali to’la erishilgani yo’q. Bunga quyidagi sabablar asosiy to’siq bo’lmoqda: davlat mulkini xususiylashtirish samaradorligining past darajasi; iqtisodiyotda tubdan tarkibiy islohotlarni va ishlovchilarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan ozod bo’lishining sekinligi; mehnat haqi uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi; ish joylarining past sifatli moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanishi; mehnatga qobiliyatli o’smirlar, ko’p bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar faoliyatining yetarlicha rag’batlantirilmaganligi; ishchi kuchi taklifini unga bo’lgan talabga nisbatan ko’proq o’sayotganligi; bo’sh ish joylari haqida ishonchli axborotlarning kamligi va mehnat bozorini samarali tartibga solish mexanizmining takomillashmaganligi. Ular orasida davlat mulkini xususiylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy isloh qilish yetakchi o’rin egallaydi. Bu jarayonlarni amalga oshirish ko’proq rasmiy xarakterga ega bo’lib qolmoqda.
Vaholanki, ijara, hissadorlik, shirkat, xususiy va qo’shma korxonalarni tashkil qilish aholining oqilona bandligi shakllanishiga ijobiy ta’sir qilib, ishchi kuchiga talabning oshishiga va uning taklifi kamayishiga olib kelishi mumkin.
Ammo respublikamizning ayrim joylarida ishchi kuchiga talabning kamayishi va uning taklifi oshishi kuzatilmoqda. Noqishloq xo’jaligida ish joylari soni yetarli emasligi va ishlovchilarning kasbiy bilimlari pastligi respublikaning barcha hududlarida mavjud bo’lgan ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nomutanosiblik va ishsizlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi.
Masalan, Samarqand viloyatida ishchi kuchiga talab uning taklifiga ko’ra 2 marta kam va ishsizlik darajasi respublikaning o’rtacha ko’rsatkichidan 1,8 marta katta (jadval).
jadval

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling