Tayyorladi: Do'stmurodov Asqar Abduraximov Otabek mavzu: aholing o'zini o'zi ish bilan bandligini oshirishning rag'batlantirish yo'llari kirish Reja
O’zbekiston Respublikasi va bozor iqtisodiyoti
Download 27.04 Kb.
|
AHOLING O\'ZINI O\'ZI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHNING RAG\'BATLANTIRISH YO\'LLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining ish bilan band ASK tarmoqlari O’zbekiston Respublikasi Germaniya
- O’zbekiston Respublikasi Germaniya Buyuk Britaniya AQSh
O’zbekiston Respublikasi va bozor iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlar ASKida aholi bandligining tuzilishi
ASKning barcha sohalarini uzviylashtirish va takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish-ijtimoiy infratuzilmasining yuksalishi bandlikni mehnatning qishloq xo’jaligi bo’lmagan turlari bo’yicha o’sishiga ko’maklashadi. Aholi bandligining tarkibiy o’zgarishlaridagi ko’rsatilgan tendensiyalar mehnat resurslaridan samarali foydalanish omili sifatida xodimlarning qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan sanoat mehnati jabhalariga ko’chib o’tishiga olib keladi. Aholining tarmoqlararo bandligidagi o’zgarishlar hududlar mehnat bilan turlicha ta’minlanishiga olib kelsa ham, hamma joyda ijtimoiy mehnatni qayta taqsimlashga erishish zarur. Chunki, uni to’xtatib turish kelajakda mehnatni qo’llashning yangidan rivojlanayotgan tarmoqlarini xodimlar bilan ta’minlashga jiddiy to’siq bo’lishi va ijtimoiy mehnat samaradorligining pasayishiga katta ta’sir etishi mumkin. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun xodimlarni o’qitish va qayta tayyorlash, qishloq aholisining kasb egallashdagi samarali tizimini tashkil qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidan ozod bo’lgan xodimlar malakasi darajasini sanoat mehnatining zamonaviy talablariga to’liq moslashtirishdek murakkab ijtimoiy muammoni shoshilinch yechish kerak. Buning uchun esa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qabul qilingan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish lozim. Qishloq xo’jaligidan ozod bo’lgan past malakali xodimlar orasida mehnatga layoqatli ayollar katta salmoqni (65%) tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayollar bandligi muammosi yanada keskinlashadi, iqtisodiy islohotlar ayol ishchi kuchining margalizasiyalashishiga olib keladi. Kamroq malakali ayol ishchi kuchi mehnat bozorida teng raqobat qila olmaydi. Sir emaski, ayollar ishdan bo’shatish uchun birinchi nomzodlardir. 1995-2000 yillar davomida ish joylarini yo’qotganlarning 65%ini ayollar tashkil qiladi. Shunday vaziyat vujudga kelmoqdaki, unda ayol birinchi ishdan bo’shatiluvchilar safida, ammo bo’sh joyga esa birinchi nomzod emas. Bozor munosabatlariga o’tishda ayol ishsizligining o’sishi ko’pgina sabablar bilan izohlanadi, ammo ulardan eng muhimlari, birinchidan, - ayol mehnatini qo’llash uchun ish joylarining yetishmasligi; ikkinchidan, - qishloq xo’jaligi ishlarida qo’l mehnati salmog’ining yuqoriligi; uchinchidan, - ularning malakasi darajasi va safarbarligining pastligi. Shuning uchun mehnat bozorida ayol ishchi kuchiga talab erkaklarga qaraganda ancha kam. Ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishga yo’naltirilgan kompleks tadbirlarni o’tkazish lozim. U ko’p bolali ayollar va yosh qizlar uchun yangi ish joylarini yaratish, ayollarni bolaga qarash davridan keyin kasbiy moslashtirish va ishlab chiqarishga qaytarish, bolasi bor ayollar malakasini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil qilish, ayolning ish sharoitini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilishni rag’batlantirish kabi tadbirlarni qamrab olishi kerak. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling