Talabalar uchun eslatma
Download 204,5 Kb.
|
MALAKAVIY AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar uchun eslatma.
- Amaliyot davrida
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKUL’TETI Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi __ kurs _____-guruh talabasi _______________________________ning MALAKAVIY AMALIYOT KUNDALIGI FARG’ONA – 2023 Talabalar uchun eslatma. Universitet talabalarining malakaviy amaliyoti o’quv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, ta’lim yo’nalishlariga mos muassasalarida o’tkaziladi. Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va o’quv tarbiyaviy ishlarga tadbiq etish, talabalarni o’z kasbiga amaliy tayyorlash, kasbiy mahorat malakalari va fazilatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishdir. Amaliyot davrida:
b) talabaning burchlari: 1. malakaviy amaliyot darsida 6 soat ish kuni davomiyligida amaliyotni o’tayotgan xizmat manzilida bo’lishi. 2. Amaliyotchi talaba “Malakaviy amaliyot dasturi” da ko’rsatilgan ishlarni o’z vaqtida bajarishi. 3. Muassasalarning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlari ropshiriqlariga to’la rioya qilishlari ularni bajarishlari kerak. 4. Amaliyot davrida talabalardan biri shu guruh sardori qilib tayinlanadi. U amaliyot ishlarini tashkillash, uslubiy rahbarlar tomonidan qo’yilgan vazifalarni bajarishda tashkilotchilik qiladi. c) talabalarning vazifalari: 1. Talaba amaliyot davrida ichki mehnat intizomini buzsa, mazkur massasa rahbariyati unga mamuriy chora ko’radi va bu haqida universitet rahbariyatiga ma’lumot beradi. 2. Amaliyotchi talaba o’z vaqtida amliyotni o’tamasa, bir hafta muddatda sababsiz uzilish sodir etsa amaliyotdan va o’qishdan chetlashtiriladi. Bunday talaba keyingi o’quv yilida chetlatgan kursiga shartnoma asosida o’qishni tiklash mumkin. 3. Amaliyot rahbarlari tomonidan o’quv, tarbiyaviy, jamoatchilik topshiriqlarini bajarmagan, tartib qoidalarni buzgan talabani amaliyotdan chetlashtirishga tavsiya berishi mumkin. 4. Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish uchun kundalik yuritadi. 5. Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirish uchun beriladigan barcha xujjat, ma’lumot daftarlari talabada bo’lishi zarur. Universitet ma’muriyati va nazorat organlari tomonidan so’ralganda ko’rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo’q bo’lsa, o’sha daftar yoki xujjat yuritilmagan deb hisoblanadi. 6. Malakaviy amaliyotga borib-kelish, xavfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilish, har bir talabaning o’z zimmasida bo’ladi. II. talaba agar pedagogik amaliot o’tasa;
Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrug’i bilan tasdiqlan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo’yicha baholanadi. Download 204,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling