O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati 7.3. SHirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
59 7-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI - AGROSANOAT MAJMUASINING ASOSIY BO’G’INI 7.1. Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga xos xususiyatlari 7.2. Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati 7.3. SHirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 7.4. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 7.1. Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga xos xususiyatlari 7.2. Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi asosiy bo’g’ini bo’lib, uning rivojlanishi agrosanoat majmuasining jadal va barqaror rivojlanishining asosi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi quyidagi sabablarga ko’ra agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, yadrosi hisoblanadi: qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasiga kiruvchi sanoat tarmoqlari chiqarayotgan ishlab chiqarish vositalarini asosiy iste’molchisi. Sanoatning bu tarmoqlari oldigan qanday mahsulotlar chiqarishi lozimligi to’g’risida talablarni qo’yadi; hududlar bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmi qayta ishlash tarmoqlari korxonalarining joylashishiga va rivojlanishiga asos bo’ladi; sanoatda ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi; qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi oxir oqibatda agrosanoat majmuasida mehnatning unumdorligi darajasini belgilaydi; qishloq xo’jaligida mahsulot va ishlar tannarxi agrosanoat majmuasi mahsulotlari tannarxining darajasini belgilaydi; qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonlarining sanoatlashishi uni qayta ishlash tarmoqlari bilan integratsiyalashuvining asosi hisoblanadi. Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo’jaligini farqlab turadi va ishlab chiqarishni tashkil etishda o’z talablarini qo’yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Qishloq xo’jaligi tabiiy omillarning ta’siri katta. Ob-havoning keragidan issiq yoki sovuq kelishi, yog’ingarchilikning me’yoridan ko’p yoki kam bo’lishi qishloq xo’jaligida qilinayotgan mehnatning natijasi turlicha bo’lishiga olib keladi. 2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o’z navbatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi.. 3. Qishloq xo’jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi. 4. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natijasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida farq katta. 5. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. 60 6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismini o’zi urug’lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi. 7. Qishloq xo’jaligi mahulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash murakkab. 8. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari noelastik hisoblanadi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab ham noelastik bo’ladi. Ko’plab rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlaraning narxga nisbatan elastiklik koeffitsienti 0,2- 0,25 ni tashkil etadi. Bu degani qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni 10 foiz oshirish (qishloq xo’jaligi mahsulotlari xaridini 10 foizga ko’paytirsh) uchun ularni narxini 40-50 foizga tushirish kerak degani. 9. Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanish darajasining yuqoriligi. Mablag’larning aylanishi tezligi juda sekin yuz beradi. Bu qishloq xo’jaligini investorlar uchun jozibadorligini pasaytiradi. 10. Qishloq xo’jaligida juda ko’plab bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning mavjudligi. Bu xususiyat natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida erkin raqobat muhiti yuzaga keladi. Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling