O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
94 15-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA QO’LLAB-QUVVATLASH 15.1. Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab- quvvatlashning zarurati va mohiyati. 15.2. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvatlash. 15.1. Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab- quvvatlashning zarurati va mohiyati Agrosanoat majmuasini tartibga solish va qo’llab-quvvatlash ob’ektiv zarurat sanaladi. Aholi sonining oshib borishi, ularning moddiy sharotlari, imkoniyatlarining kengayishi va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish resurslarining aholi jon boshiga hamda absolyut kamayib borishi qator zaruririy talablarni keltirib chiqaradi. Bularning eng muhimi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni deyarli barcha hudud va yerlarda tashkil etishning zaruratidir. Yer esa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi asosiy vosita sanalada va uning unumdorligi turli hududlarda turlichadir. Yomon, ya’ni unumdorligi past yoki suv bilan yomon ta’minlangan yerlar, sho’rlangan yerlar va x.z. yerlarda ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga majburmiz. Yomon yerlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirayotganlarning mehnati yaxshi yerlardagiga qaraganda bir necha marta kam daromad keltirishi mumkin. Bu masalani ham yechishda davlatning aralashuvi lozim. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tabiiy iqlim sharoitlariga bog’liqligi ham davlat aralashuvini talab qiladi. Albatta agrosanoat majmuasiga kiruvchi iqtisodiy sub’ektlar bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga ham maksimal amal qilishi talab qilinadi. Aks holda juda katta muammolar yuzaga kelishi, qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi, raobatbardoshligi pasayishi yuz berishi mumkin. Bu holatda eng avvalo aholi, davlat katta zarar ko’radi. Bundan holda aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatiga homashyo yetishmasligi oqibatida soliqlardan davlat katta zarar ko’rishiga sababchi bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi davlat bozor munosabatlarni rivojlantirish maqsadida tegishli chora-tadbirarni ko’rmoqda. Ayniqsa huquqiy bazani takomillashtirish ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling