O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК
95
2-chizma. Agrosanoat majmuasi bozori tarkibi Bozorning tarkibining shakllanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jamladan, mulk shakli va xo’jalik yuritish usullari, tovar ishlab chiqaruvchilar va ularni iste’mol qiluvchilar soni, baholarni nazorat qilish darajasi, tarmoqqa kirish va chiqishda qo’yiladigan to’siqlar, munosabatlarning rivojlanganlik darajasi, davlat siyosati va boshqalar bozorning tarkibiga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bozorning amal qilish mexanizmlari, unga davlatning aralashuvi darajasiga qarab uch turdagi bozor tipi farqlangan. Bularga: rivojlanmagan bozor; erkin bozor va tartibga solinib turiladigan bozorlar kiradi. Rivojlanmagan bozor – bu bozorda oldi-sotdi jarayonlari kuchli rivojlanmagan, odatda oddiy tovar ayriboshlash jarayoni yuz beradi. Bu bozorda tovarlarning natural ayriboshlanishi (barter) ko’proq amalga oshiriladi. Bu bozor to’yinmagan hisoblanadi. Erkin bozor – bu raqobatli bozor hisoblanadi. Bu bozorda juda ko’plab kichik va katta tovar ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi va ularning birortasi ushbu tovar narxini o’zgartirishga sezilarli ta’sir eta olmaydi. Tovarlar erkin sotiladi. Erkin bozor o’z mazmuniga ko’ra amaliyotda deyarli uchramaydi. Erkin bozor tushunchasi nazariy jihatdan mavjud bo’lib, iqtisodiyotning juda yuqori darajada rivojlangan davrlarda amal qilishi mumikn. Tartibga solib turiladigan bozor – bu bozorning faoliyatiga huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy chora-tadbirlar bilan davlat aralashib (tartibga solib) turadi. Hozirda dunyo mamlakatlarida asosan taribga solib turadigan Агросаноат мажмуаси бозори Бозор инфратузилмаси Ихтисослашган бозорлар Бозор механизмлари Товар биржалари Улгуржи ва чакана савдо корхоналари Аукционлар Ярмаркалар Воситачи, даллол фирмалар Реклама агентликлари Ахборот хизмати Консалтинг хизматлари Аудиторлик ташкилотлари Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ва хом ашёси бозори Ишчи кучи бозори Ишлаб чиқариш воситалари бозори Ер бозори Талаб Таклиф Рақобат Нарх Аграр қонунчилик 96 bozorlar mavjud bo’lib, davlatning bozorga aralashuv darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tish jarayonida “davlat asosiy tashabbuskor” tamoyiliga amal qilmoqda. Respublikada qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori tez rivojlanib bormoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyosi va oziq – ovqat bozorini tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin. (3-chizma) Download 5.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling