matematik tasavvurlarni shakllantirish.
Reja 1.Miqdor tushunchasi. 2. Son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish.
Miqdor tushunchasi. Ikkinchi guruh bolalari bilan ishlashni narsalarning sifat belgilarini ajratib ko'rsatish mashqidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Narsalami aytilgan belgilariga qarab tanlash vaguruhlarga ajratish vazifalarini berish ayniqsa foydalidir.
Topshiriq variantlari 1- variant. Bir nccha o‘yinchoq ichidan unga (namunaga) o‘xshashini tanlab olish. Pedagog (taibiyachi) stol ustiga ayiqcha- ni, qo‘g‘irchoqni, quyonchani qo'yadi. So'ngra «sehrli qopcha» ichidan bitta o'yinchoqni oladi va stol ustidan xuddi shunga o‘x- shash o'yinchoqni topishni taklif qiladi. Rangi, o'lchami yoki shakli har xil bo'lgan 2-3 ta narsa (ayiqchalar, kubiklar, shariklar, koptoklar) orasidan xuddi shu rang (o'lcham, shakl)dagi narsani tanlab oladi. Bola topsliiriqni bajargach, tanlab olgan o‘yinchog‘ining nomini va har ikkala o'yinchoq uchun umumiy bo'lgan bclgini aytishi kcrak. Agar kichkintoy xato qilsa, pedagog (tarbiyachi) unga savollar beradi: «Bu nima? Sen shu o'lchamdagi (rangdagi) kubikni (ayiq- chani) oldingmi? Kubiklami ustma-ust qo‘y!» Pedagog (tarbiya- chi) olinishi lozim bo'lgan narsalarni ko'rsatishi mumkin: «Mana bu kubikni olish kerak, ko'rdingmi, u xuddi mana shu rangda».
Pedagog (tarbiyachi) kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan foydalanadi, bunda bitta bola yoki bir necha bola narsalarni tanlab oladi yoki guruhiarga ajratadi. Masalan, qurishda ishlatilishi mumkin bo’lgan hamma materiallami yashikka solish, qo'g'irchoqlami csa tokchaga terib qo‘yish, rasm soladigan barcha mo'yqalamlami yig'ib, qulichagasolish, bitta savatga hamma katta koptoklarni, boshqasiga esa kichkina koptoklarni solib qo'yish. Oldin bolalar narsalarni bitta bclgisiga qarab, kcyinroq csa ikkita belgisiga qarab lanlab oladilar. Har gal kichkintoylardan biri narsalar qanday umumiy belgi asosida gurohga birlashtirilganini va o‘zi nirna qilganligi hamda nima uchun shunday qilganligini aytib berishi muhimdir. Bunday qilish bolalarni ongli harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto bitta umumiy bclgisi bo'lgan turli xil narsalarni ham bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar. Endi ular mazkur guruhga mansub narsalarning 2 ta umumiy bclgisini ajralib ko'rsata oladilar. Bundan tashqari, bolalarda aytilgan bclgilarga qarab narsalarni taqqoslash va tanlash (ajratib olish) uchun bir-birining yoniga, ustiga qo'yish usullaridan foydalanish ko'nikmasi mustahkam- lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |