O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-MAZU: MO`TADIL ILIQ HUDUDLARNING NAMLI, LAVRLI


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

6-MAZU: MO`TADIL ILIQ HUDUDLARNING NAMLI, LAVRLI 
O`RMONLARI 
Reja 
1.Kanar orollarining lavrli o`rmonlari. 
2.Sharqiy Osiyoning lavrli o`rmonlari 
3.Shimoliy Amerikaning lavrli o`rmonlari. 
4.Kaliforniyaning mamaont daraxtli o`rmonlari. 
5.Avstraliya Tasmaniya va Yangi Zellandiyaning namli o`rmonlari. 


72 
Qit’alarning sharqiy tomoni tumanli, yozi quruq, yog‘ingarchiligi kam 
bo‘lib qattiqbargli o‘simliklar jamoasiga namli turli o‘rmonlar tutashadi. Bu 
hududlarda tropik namli (yomg‘irli) va yozgiyashil bargli o‘rmonlarning 
oralig‘idagi xolat-o‘rinni egallaydigan o‘rmonlar joylashgan. Ularning 
floristik tarkibi juda boy va asosan doimoyashil o‘simliklardan iborat. Bu 
daraxt va butalarning barglari tropik yomg‘irli o‘rmonlardagidan ancha 
mayda va ko‘pincha tig‘iz, terisimon bo‘lib lavr yaprog‘ini eslatib unga 
o‘xshab keng yaproqli ninabarglilardan araukariyadoshlar (Araucariaceae)va 
podokarpadoshlar 
(Podocarpaceae), 
shimoliy 
yarimsharda 
esa 
taksodiyadoshlar (Taxodiaceae) tarqalgan. Bu yerda lianalar va efipitlar
bananlar yo‘q. Namli va lavrli o‘rmonlarning hammasi sistematikasidan 
o‘zaro alohidalashgan uchlamchi davrda yoki undan ham ilgari shakllangan 
qadimgi turlardan iborat. Bunday o‘rmonlar turli floristik olamlarda uchraydi 
ularning shakllanishi ham turlicha tarzda ro‘y bergan. Ilgarilari lavrli 
o‘rmonlar bo‘lgan hududlar hozir allaqachonlardan beri yo‘q qilinib madaniy 
xolga keltirilgan. Osiyoda bunday hududlarda hozir choy (Theasinensis)keng 
tarqalgan. Mo‘tadil iliq hududlarning namli va lavrli o‘rmonlari 
materiklarning yomg‘irga boy sharqiy hududlari hisoblanadi. Shunday tipdagi 
o‘rmonlar Florida, Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zellandiyada, avvalo 
Sharqiy Osiyoda bor. Bunday o‘rmonlarni mavjud bo‘lishi uchun yil 
davomida havoning namligi yuqori bo‘lishi xatto u suv bug‘lari bilan 
to‘yingan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari qish ham muzlamalarsiz bo‘lishi 
kerak. Xuddi shu talablarga Qoradengizning sharqiy qirg‘og‘i, janubiy 
Amerikaning tog‘li okean qirg‘og‘i, Tasmaniya va Yangi Zellandiya javob 
beradi. Bu hududlarda yog‘ingarchilik ko‘p xollarda qishda ro‘y berib uning 
miqdori yiliga 2500 mm ga boradi. Yozning ikki oyida yomg‘irlar yog‘maydi. 
Materiklarning sharqiy qirg‘og‘i passat va mussonlar ta’siridaligidan bu 
erlarda yilning iliq davrlarida yog‘in ko‘p yog‘adi. Bunday iqlim Sharqiy 
Osiyoning katta hududlari (Xitoy, Yaponiya) uchun xos. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling