O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Sharqiy Osiyoning lavrli o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Sharqiy Osiyoning lavrli o‘rmonlari 
Sharqiy Osiyoda kishilarning faoliyati natijasida katta maydonlarni 
egallagan lavrli o‘rmonlar tog‘larda, ehromlar, oldida qolgan xolos. Ilgarilari 
Yunnan tog‘oldilaridan 1000 km enidagi lavrli o‘rmonlar Xitoyning janubini 
sharqiy qirg‘oqlarigacha maydonlarini egallagan. Ximolayning (Assam) 
janubi-sharqi va Nepalning 3000-4000 m balandliklarida ham lavrli o‘rmonlar 
bo‘lib, rododendron (Rhododendron) turlari va ninabargli daraxtlar ko‘p 
tarqalgan. Daraxt o‘simliklardan eng xarakterligi bo‘lib kamforli lavr 
(Cinnamomum camphora), kameliya (Camelia japanica) va choy butasi 
(Thea sinensis), palma (Livistonia sinensis), sagovniklar (Cycadaceae), 
sterkuliyadoshlar (Sterculiaceae), meliadoshlar (Meliaceae), araliyadoshlar 
(Araliaceae) va bambuklar hamda doimoyashil zaranglar, yozgiyashil 
magnoliyalar, kashtanlar hisoblanadi. Lavrli o‘rmonlar florasining boy tarkibi 
YAponiyaning Xonsyu orolida saqlanib qolgan. Uning tarkibida kastanopsis 
(Castanopsis cuspidata) Quericus turkumining doimoyashil ko‘plab turlari, 
illitsium (Illicium anisatum), kameliya va simplokos (Symplocos
turkumining turlari uchraydi. Bu erda SHarqiy Osiyoda tarqalgan boshqa 
o‘simliklar ham o‘sadi. 
Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarining namli o‘rmonlari 
Floridaning Atlantik okeani qirg‘oqlari va Jorjiya va Janubiy Karollina 
shtatlarida yozgiyashil bargli o‘rmonlar bilan birgalikda namli o‘rmonlar ham 
o‘sadi. Ular qishda muzgarchilik bo‘lmaydigan Floridaning janubida yaxshi 
o‘sgan. Bu erdagi o‘rmonlar magnoliyalar, kattabargli palmalar, fikuslar 
(Fucus aurea) keng tarqalgan. Ularning orasida Amerika chinori (Platanus 
occidentalis) yong‘oqlar ham ko‘p o‘sadi. Ko‘plab lianalar Loganiaceae 
oilasida Gelsemium, epifitlardan orxidlar oilasidan Epidendrum oziq 
moddalarni faqat havodan oladi. Bu jamoa shimolda florasi deyarli bir xil 
botqoq qarag‘ayidan (Pinus palistris) iborat o‘rmonlar bilan chegaradosh. Bu 
erdagi daryo qirg‘oqlaridagi torfsiz tuproqlarda botqoq sarvi (Taxodium 
distichum) Nissadaceae oilasidan suv nissasi (Nyssa aquatica) o‘sadi. Botqoq 


75 
sarvi erdan 3 m balandliklargacha tayanch ildizlarini hosil qilib bu erlardagi 
kuchli shamolga qarshi turaoladi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling