O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Avstraliya, TasmaniyavaYangi Zellandiyaning namli o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Avstraliya, TasmaniyavaYangi Zellandiyaning namli o‘rmonlari 
Avstraliyaning sharqida okean qirg‘og‘i bo‘ylab YAngi Janubiy Uels 
bo‘ylab namli o‘rmonlar cho‘zilgan. Viktoriya shtatining janubida notofagus 
(Nothofagus cunninghamii) va daraxtsimon paparotnik (Dicksonia antarctica
tufayli mo‘‘tadil iliq o‘rmonlar o‘sadi. Evkaliptlarning har xil turlari ham 
uchraydi. Tasmaniyada namli o‘rmonlarning florasi boyroq. Yangi 
Zellandiyada evkalipt yoki tikandaraxtlarning endem turlari yo‘q. Ninabargli 
va kengbargli turlari bilan bir qatorda ularga qarindosh dakridium 
(Dacrydium) 
turlari, 
shimoliy 
hududlarda 
lavrdoshlar 
oilasidan 
Beilschmiediava araliyadoshlardan Acanthoponaxhamda agatis (Agathis
turkumining turlari keng tarqalgan. Daraxtlarning tanasini pastida 
qichitqidoshlar (Urticaceae) oilasining turkumlarini vakillaridan tashqari 
daraxtsimon paparotniklar, paparotniklarning asli, plaunlar (Lycopodium) va 
moxlar o‘sadi. 
 
7-Mavzu: Yozgiyashil bargli o‘rmonlar mintaqasi 
Reja. 
1. Yevropaning yozgiyashil bargli o‘rmonlari 
2. Qoraqayinli o‘rmonlar. 
3. Eman-grabli o‘rmonlar 
4. Issiqsevar emanli aralash o‘rmonlar. 
5.Yozgiyashil bargli o‘rmonlarning botqoq mintaqa o‘simliklari 
6.Sharqiy Osiyoning yozgi yashil o‘rmonlari 
Yozgiyashil bargli o‘rmonlar boreal ninabargli o‘rmonlardan farqlanib 
shimoliy yarimsharning hamma qismini qoplamaydi. Bu o‘rmonlar mo‘tadil 
sovuq dengiz (okean) iqlimli joylarda tarqalgan. Bu hududlar qadimlardan 
odamlarning ta’siriga uchragan. Aynan shu joylarda sanoati rivojlangan 


77 
mamlakatlarhamda aholisi zich bo‘lgan davlatlar joylashgan. Shu boisdan 
o‘rta asrlardanoq juda katta maydonlardagi daraxtlar kesilib haydab ishlov 
beriladigan erlarga, chorva mollari boqiladigan o‘tloqlarga aylantirilgan. 
Mavjud o‘rmonlardagi daraxtlarning balandliklariga ko‘ra bir-ikki daraxtli 
qavat, butalar qavati va turlicha kattalikdagi o‘t o‘simliklardan iborat quyi 
qavat mavjud. Bahorda daraxtlarda barglar paydo bo‘lguncha piyozboshli 
tuganakli (geofit) gullayotgan o‘simliklarni ko‘rish mumkin. Moxlar 
daraxtlardan qolgan to‘ngaklarda ko‘p o‘sadi. Keng bargli o‘rmonlar mahalliy 
sharoitning suv rejimini nazorat etishda asosiy ahamiyat kasb etadi. Daraxt 
tanasida barg paydo bo‘layotgan davrda yog‘ayotgan yog‘inning faqat 10% 
dan ko‘prog‘ini tutib qoladi xolos. Adirlar bilan chegaradosh hududlardagi 
yozgiyashil bargli o‘rmonlar yoqqan yog‘inning amaldagi hammasini, 
Markaziy Evropada esa uning 50-60 foizini shimib oladi. O‘rmonlar ayovsiz 
kesilgan joylarda buzg‘unchiliklarga sabab bo‘ladigan sel kelishi ro‘y beradi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling