O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

O‘tloqlarvayaylovlar. Markaziy Evropada qadimdan chorva mollari 
boqilib kelinganligi tufayli yaylovlar ancha ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa, 
o‘tloqlar keyin yuzaga kelgan. Sernam o‘tloqlar oqmaydigan suv 
xavzalarining qirg‘oqlarida mavjud, ularning asosiy qismi qamish va 
qorabosh turkumlarining turlaridan iborat. Eman-oqqayinli o‘rmonlarning 
o‘rnidagi o‘tloqzorlar jadal ravishda foydalanishi hisobiga qo‘ng‘irbosh (Poa
turkumining turlari gazako‘t (Gentiana pneumonanthe) hamda sapsargul (Iris 
sibirica), gladish (Laserpitum prutenicum) ko‘p o‘sadi. CHorva mollari 
yaxshi o‘tlaydigan yerlarda paxtatikan (Cirsium oletaceum) dominantlik 
qiladi. Zax joylarda orxidlardan ko‘p uchraydi. O‘tloqlarda chorva mollarini 
ko‘p boqish natijasida ularning mahsuldorligi tobora kamayib, u erlarda 
hayvon iste’mol qilmaydiganlari ko‘payib bormoqda. Bunday joylarda 
poligala (Polygala vulgaris), antenariya (Antennaria dioica) Botrychim 
turkumining turlari, gazako‘t (Gentiana campestris), orxidlardan 
koeloglossim (Coeloglossum viride), va solablar (Orchis morio va O.ustulata
ko‘p o‘sadi.
Yozgi yashil bargli o‘rmonlarning botqoq mintaqa o‘simliklari 
Yozgiyashil bargli o‘rmonlarning botqoq mintaqasi botqoqlar tabiiy va 
tabiiyga yaqin o‘simliklar jamoalaridan hisoblanadi. Botqoqlarni yuzaga 
kelishi va oziq moddalarga ko‘ra ularning tiplari ko‘p. Yassilik, chuqurlikdagi 
va o‘tish botqoqlari namlikni sizot suvlardan va oqim suvlaridan oladi. 
Yassilik botqoqlari cho‘kindilar bilan to‘lishi tufayli yuzaga keladi. Ularning 
o‘simliklar qoplami baland bo‘yli, Carex turkumining o‘simliklari hamda 
shunga yaqinlardan tashkil topadi. Yassiliklardagi botqoqlarning ko‘pchiligi 


87 
hozir qurigan, ularni o‘rnida boshqa turkumlarning o‘simliklari o‘sadi. 
Chuqurlikdagi botqoqlar Markaziy Evropadagi daryolarning quyi qismida 
uchraydi. Bunday botqoqlarda Carex turkumining past bo‘yli turlari va 
moxlar ko‘p o‘sadi. Gulli o‘simliklardan jiryank (Pingnicula vulgaris), 
qoraboshlar (Carex flava vaC.davialliana), eriforum (Eriophorum latifolium), 
epipat (Epipatus pahistris) tarqalgan. Chuqurliklardagi botqoqlarni aniq 
maqsadlar bilan o‘tloqlar va yaylovlarga aylantirilgan. Hozirgi kunda bunday 
tipdagi botqoqlar kam qolganligidan ximoyalanishi zarur bo‘lgan hududlar 
bo‘lib hisoblanadi.joylarda ayniqBu moxlarning havosiz sharoitdagi qismi 
tarfga aylanadi. Bu moxlar o‘sayotgan joyini nordonlashtirib boshqa 
o‘simliklarni o‘sishiga sharoit hosil qilmaydi. Bunday botqoqlarning o‘rtasi 
eskisi hamda chuqur bo‘ladi. Yevropaning Atlantika okeani qirg‘oqlaridagi 
botqoqlarning chekkasi bo‘ylab ko‘pincha oqqayinlar (Betula pubescena, 
B.pendula), qarag‘ay (Pinus sylvestris) o‘sadi. Markaziy Evropaning g‘arbiy 
qismidagi Garsi, Tyurangen o‘rmonlari va O‘rtagerman tog‘laridagi 
botqoqlarda qarag‘aylar ham o‘sadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling