O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Shimoliy Amerika yozgi yashil bargli o‘rmonlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Shimoliy Amerika yozgi yashil bargli o‘rmonlari 
Shimoliy Amerikada ham Yevropadagi kabi bunday o‘rmonlar ularni 
kesib, tuprog‘ini haydab, ularni yoqib deyarli to‘la yo‘q bo‘lishiga olib 
kelingan. Shu boisdan, bu yerdagi hozirgi zamon qarag‘ayli va emanli 
o‘rmonlar ikkilamchi hisoblanadi. Mevasi iste’mol qilinadigan yong‘oq,
o‘rmon yong‘og‘i, eman, kashtan kabi o‘simliklarning o‘rmonlarni hamma 
joylarida tarqalishiga mahalliy aholi sabab bo‘lgan deb hisoblaniladi. 
Keyinroq qishloq xo‘jaligida olib borilgan ishlar unda mexanizmlardan ko‘p 
foydalanish ham o‘rmonlarning xolatiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu boisdan tabiiy 
xolda saqlangan o‘rmonlar katta hududlarda emas. 
8-MAVZU: TUNDRANING ARKTIK MINTAQASI 
Reja: 
1. 
Arktik tundraning o‘simliklari. 
2. 
Daraxtlarning qutb chegarasida tarqalishi. 
3. 
Butachali tundra. 
4. 
Do`ngli tundra. 
5. 
Moxli, lishaynikli, tog‘ tundra 
Ninabargli boreal o‘rmonlarning shimolida tundra olami yastangan. Bu 
atama fincha so‘z “tunturi” “o‘rmonsiz yassi do‘nglik” dan kelib chiqqan. Va 


92 
haqiqatda ham bu yerlarda daraxtlarning yo‘qligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Tundralar Yevroosiyoda ham va Shimoliy Amerikada ham keng tarqalgan. U 
Shimoliy qutbning eng shimoliy sarhadi bo‘ylab boshqacha aytganda 
sirkumpolyar hududlar bo‘yicha joylashgan. Uning Evroosiyodagina hududi 
o‘rmon tundrani ham qo‘shib hisoblaganda 3,25 mln km
2
dan iborat bo‘lib, 
uning katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Shimoliy Amerikada ham 
tundralar katta maydonni egallagan. Janubiy yarimsharda tundra bunchalik 
rivojlanmagan. 
Iqlimi. “Arktika” so‘zi bilan beixtiyor qattiq sovuq bo‘ladigan yashash 
uchun sharoiti yo‘q degan tasavvur, fikr hosil bo‘ladi. Bu hududda yoz qisqa 
va ancha salqin. Oylar bo‘yicha o‘rtacha yozgi harorat ba’zan 10
0
S dan sal 
oshadi xolos. Shunga qaramay bu hududda o‘simliklarning mavjudligi harorat 
bilangina emas uni qancha muddat ta’sir etishi bilan bog‘liq. Vegetatsiya 
davri 3-3,5 oy iyundan sentyabrgacha davom etadi. Tundraning ko‘pchiligida 
vegetatsiya davr bundan ham kam 2-2,5 oy, sovuq sahrolar bilan chegaradosh 
erlarda 1,5 oydan ko‘p bo‘lmaydi. Tundra mintaqasining ikkinchi belgisi 
yog‘ingarchilikning kamligi. Yil davomida yog‘adigan yog‘ingarchilikni 
miqdori 300 mm dan ko‘proq, undan ham kam 200-150 mm bo‘ladi. Qorning 
qalinligi 10-50 sm bo‘ladi xolos, u o‘simlikni sovuqdan ximoyalayolmaydi. 
O‘simliklar uchun muhim omillardan biri kunning yorug‘lik davrini davom 
etishi. Yozda hammaga ma’lum qutb kuni bo‘lib, bir kecha kunduzdagi 
haroratda farq deyarli yo‘q. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling