O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU: BALAND TOG`LAR O`SIMLIKLARI


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

9-MAVZU: BALAND TOG`LAR O`SIMLIKLARI 
Reja: 
1.Iqlimi va tuproqlari. 
2.Baland tog‘larining o‘rtakenglik o‘simliklari. 
3.Subalp, Alp mintaqa o‘simliklari. 
4.Dengiz o`simliklari. 
5.Planktondagi o`similar. 
6.Bentosdagi o`simliklar 
Har qanday balandtog‘-alohida olam. Balandtog‘larning biotsenozini 
uncha katta bo‘lmagan maydonlarda o‘zgarib turishini anglash uchun 
mutaxassis-biolog bo‘lish shart emas. Balandtog‘larning o‘simliklar 
qoplamini ularning geografiya jihatidan xolati hamda iqlim bilan belgilanadi. 


96 
Har ikkala omil floraning o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Shu boisdan 
mo‘tadil kenglik balandtog‘lari va tropiklardagi flora haqida alohida fikr 
yuritiladi. 
Iqlimi va tuproqlari. Statik ma’lumotlar bo‘yicha balandga 100 m 
ko‘tarilish bilan harorat 0,5-0,6
0
S ga pasayadi. Shu bilan birga balandga 
ko‘tarilish qish davrining uzoq vaqt davom etishi ro‘y beradi. Buni toqqa 
chiqib borgan sari ko‘rinadi. Yozda dengiz sathidan 1000-1200 m balandda 
o‘tloq o‘tlari boshoqdoshlar gullayotgan bo‘lsa, tog‘da yuqoriroq ko‘tarilish 
bilan yoz erta bahor bilan almashganini, 2000-2200 m balandliklarda qishning 
oxirgi belgilarini ko‘rish mumkin. Bizning respublikamiz miqyosidagi iqlim 
ta’sirida o‘simliklar qoplamidagi rivojlanish biz keltirgan balandlik 
mintaqasidagidan yanada balandroqda namoyon bo‘ladi. Ayrim hududlarda 
keltirgan balandliklardan pastroqda ham o‘simliklar qoplamidagi o‘zgarish 
kuzatiladi. Balandlik gradientdagi bu farqlar har 100 metrda 3-4 kunni tashkil 
qiladi. Buni chizma xolida ifodalansa boshpiyozni tikkasiga kesgandagi 
ko‘rinishga o‘xshaydi. Dengiz sathidan 700-800 m balandliklarda kunduzgi 
iliq havo kechasiga issig‘ini berib soviydi. Sovuq havo tuproq yuzasiga tushib 
uning past joylarida to‘planadi. Tog‘larda quyosh yoritadigan va soyali 
joylardagi harorat orasida ham farq bor. Balandlikka ko‘tarilib borgan sari bu 
farq ortadi. Tuproq havodan ko‘ra issiqlikni o‘zida ko‘p to‘playdi. O‘simliklar 
ham isiydi. Shamol bo‘lib turadigan joylarda tuproq harorati ham past bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra tog‘larning shimoliy (soyali) va janubiy (yoritilgan) 
yonbag‘irliklaridagi o‘simliklar qoplamida ham farqlar bo‘ladi. Shimoliy 
yonbag‘irlik ninabargli o‘rmonlar bilan qoplangan xolda janubiy 
yonbag‘irlikda 
iliqsevar 
kengbargli 
daraxtlar 
o‘sadi. 
Shimoliy 
yonbag‘irliklarda sovuq kunlarning soni ham ko‘p. Bu o‘simliklarda ro‘y 
beradigan 
moddalarning 
almashinuvlarini 
ham 
o‘zgartiradi. 
Alp 
o‘simliklarining hammasi sovuqqa chidamli bo‘lsa ham yil davomida ro‘y 
beradigan fiziologiya o‘zgarishlarida farqlar sezilarli bo‘ladi. Shu boisdan 
ro‘y beradigan muzlamalar o‘simliklar uchun ancha xavfli xarakterga ega. 


97 
Qishki qalin qor ancha past harorat va boshqa noqulay omillardan 
ximoyalaydi. Qorning qalinligi 30 sm va undan oshgan joylarda uning 
tagidagi tuproq muzlamaydi. Tuproq xali qor bilan qoplangan vaqtlarda ya’ni 
vegetatsiya davrida o‘simlik gullab, mevalar etarli oziqni to‘plab oladi. 
Alp tog‘larida 1800 m balandliklarda vegetatsiya davri 5 oy, 2400 
metrdan 2,5 oy 3000 metr balandlikda esa bor yo‘g‘i 1,6 oy davom etadi. 
Doimo qor bilan qoplangan balandlikda harorat shunday bo‘ladiki qor 
erimaydi ham, bug‘lamaydi ham. Iqlimga harorat bilan birga bug‘, suyuq va 
muz xolatidagi suv ham ancha ta’sir ko‘rsatadi. Balandliklarda qor pastga 
nisbatan yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. 
Evropada balandlikka har 100 ko‘tarilish bilan yillik o‘rtacha yog‘in 
miqdori 50-70 mm ga ortadi. Bunday xolat 40 va 50
0
shimoliy kenglikdagi 
tog‘lar uchun xos xolat. Bulutlardan baland ko‘tarilgan tog‘larda bunday xolat 
yo‘q. Balandtog‘lardagi tekisliklar odatda quruq bo‘ladi. Yog‘ingarchiliklar 
uning atroflarida yog‘adi. Tog‘lardagi shamol o‘simliklarni quritib yuboradi. 
Yozda namlik ko‘pligidan u uncha xavfli emas, qishda ko‘pchilik o‘t 
o‘simliklar muzlab qoladi. Balandtog‘larning tuprog‘i unumsiz. Haroratning 
keskin o‘zgarib turishi tog‘ jinslarini emirilishiga sabab bo‘ladi. Bunday 
emirilish biologiya jihatidan deyarli ro‘y bermaydi, pastki mintaqada bu 
jarayon boshlanadi. Balandtog‘ sharoitida shag‘alli joylar ham ko‘p, ular 
odatda daryo qirg‘oqlarida ko‘p uchraydi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling