O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Tropiklardagi baland tog‘larning o‘simliklari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Tropiklardagi baland tog‘larning o‘simliklari 
O‘rta kengliklardagi balandtog‘lar bilan tropiklardagi iqlim 
sharoitlaridan ancha farqlanadiganlarni qiyoslab bo‘lmaydi. Shu boisdan 
tropiklar balandtog‘lari o‘simliklarini alohida bayon qilinadi. Bu hududlardagi 
o‘simliklar jamoalari iqlim ta’sirida shakllangan bulutlar sathidagi o‘rmon, 
papamo va puna jamoalarini Janubiy amerikaning andlari va Sharqiy 
afrikaning (Klimanjaro, Ruvenzori, Keniyaning tog‘li hududlari) 
balandtog‘laridagi o‘simliklarning jamoalarini qisqacha bayon qilamiz. 
Bulutlar sathidagi o‘rmon. Taxminan 1200 m balandliklardan 
boshlanib yuqorigi chegarasi 3000 metrlarga boradi. Qurg‘oqchilik va 
yomg‘irli davrning vaqti va uni davom etishi tog‘ yonbag‘irliklarining xolati, 
shamolli yoki shamolsiz tomonlari bulutli sathning chegaralariga katta ta’sir 
qiladi. Bu yerning havosi doimo suv bug‘lari bilan to‘yingan. Tumanlar bu 
yerlarga iliq havo kelishini to‘sadi, shu boisdan bir kecha kunduzdagi 
haroratda farq kam. Shamolli tomondagi tog‘ yonbag‘irliklarida yomg‘irli 
nam o‘rmonlar mavjud, ularning flora tarkibi haroratni pasayishi bilan 
o‘zgaradi. Balandtog‘larning doimo tumanli hududlarida tog‘ning maxsus 
namli o‘rmonlari “bulut balandligidagi o‘rmonlar” mavjud. Bulutlar sathidagi 
tropiklarning tog‘ o‘rmonlari tropik nam o‘rmonlardan daraxtsimon 
paparotniklarning mavjudligi bilan farqlanadi. Katta bargli o‘t o‘simliklar 
bilan ular o‘tib bo‘lmaydigan chakalakzorlarni hosil qiladi. Bu yerlarda 
quyosh nuri kamdan kam xollardagina bulutlarni yorib o‘tadi xolos. Hamma 
joylarda epifit o‘simliklar keng tarqalgan, ularni orasida dastlab gulli 
o‘simliklar (masalan, orxideyalar), tog‘larning balandroqlarida ularnida 
paparotniklar moxlar va lishayniklar (masalan, Usnea) o‘sadi. Yer yuzida 
moxlar, ayniqsa sfagnum (Sphagnum) lishayniklar bilan va plaunlardan 


105 
selaginella (Seleginella turkumi) keng tarqalgan. Balandtog‘larning 2000-
3500 m balandliklarida qattiqbargli o‘simliklarni uchratish mumkin. Ularning 
tarkibi vereskdoshlar bilan birga Podocarpusturkumining turlari ham uchrab 
ularning 
barglari 
ninabarglarga 
o‘xshamaydi. 
SHarqiy 
Afrika 
balandtog‘larining buta o‘simliklar jamoasida erika (Erica arborea) ko‘p 
tarqalgan. Uning bo‘yi odatda 5-10 m, qulay sharoitda 15 metrgacha etadi. Bu 
joylarda atirguldoshlar oilasining daraxti Hagenia abyssinica o‘zining qiyshiq 
tanasi bilan o‘simliklar jamoasini subalp xarakterdaligini ifodalaydi.
Paramo. Tog‘larning yana balandrog‘ida buta o‘simliklar tarqalgan 
joylardan yuqorirog‘i taxminan 3600 m balandliklarda faqat boshoqdoshlar 
o‘sadigan maydonlar bor. Bu balandtog‘larning boshoqdoshlardan iborat 
o‘tzorlarini paramo deyiladi, ular ekvatorial And yassitog‘ligi uchun xos. Bu 
yerda harorat past, yog‘ingarchilik ko‘p, chirindi to‘planishi faol tarzda ro‘y 
beradi, torfli moxlardan iborat botqoqlik ham kam emas. Yer boshoqli o‘t 
o‘simliklar bilan qoplangan, ularning orasida ingichka, tig‘iz bargli 
Calamagrostis tisturgidaturidan iborat past bo‘yli boshoqlilar ko‘p o‘sadi. 
Paramo o‘simliklar uyushmalarini tashqi ko‘rinishiga murakkabguldoshlar 
oilasining o‘simliklari ajib tus beradi. Andda u Espeletiaturkumining 
turlaridan iborat, uning bo‘yi 5 metrlarga yetadi. Bu oilaga shoxlanmagan 
yoki shoxlangan poyali va uchida to‘pbarglari bo‘lganlari masalan, 
Keniyaning tog‘li hududlarida o‘sadigan kaltapoyali afrikaning gigant 
Senecio brassicava yo‘g‘onpoyali Senecio keniodendron mansub. Tashqi 
ko‘rinishidan ularga o‘xshash Kilimanjaro tog‘larida o‘sadigan lobeliya 
(Lobeia deskenii) va Ruvenzoriyadagi (L.bequaertii) qo‘ng‘iroqguldoshlar 
oilasiga mansub. Barglarini poyaga zich taqalib joylanishi ularni tungi 
sovuqqa moslanishlaridan biri hisoblanadi. Tashqi tomonidagi barglarni uchi 
yuqoridan qayrilgan.bu daraxtsimon o‘simliklar o‘sayotgan joyida yakka 
xolda o‘zaro uzoq tarqalganligi tufayli jamoa hosil qilmaydi. Yanada 
balandroqlarda yostiq ko‘rinishni hosil qiladigan o‘simliklar va ko‘p yillik 
poyasi kalta, barglari bir joyda to‘plangan o‘tlar ham o‘sadi. Ular tosh qoyali 


106 
joylardan boshlab qor chizig‘igacha tarqalgan. Andda keng tarqalgan yostiq, 
ko‘rinishidagilar Plantago, Pycnophyllum, Werneria vaAzorella turkumlariga 
mansub. Ularning tashqi ko‘rinishidan ichi qattiq yog‘ochligi tufayli o‘tin 
sifatida foydalaniladi. 
Puna. Andning ekvatoridan bir muncha uzoqlashgan viloyatlarida 
yog‘ingarchilik yozda bo‘ladi va iqlim keng yassitog‘likda janubga tomon 
quruqlashib boradi. Bu hududlarda Peru mamlakatining shimoliy 
hududlaridan Chilining shimoligacha tomon shamol kuchli bo‘lganligidan bir 
kecha kunduzdagi o‘rtacha haroratning o‘zgarishi 50
0
С gacha boradi. Bu 
joylardagi o‘simliklar jamoasining sahro tipidagini puna deyiladi. 
Yassitog‘liklarda bir biridan uzoqda, chim hosil qiladigan barglari qattiq, 
yarim metrga etadigan boshoqlilar keng tarqalgan. Punada butalardan tola deb 
ataladigan (Lepidophyllum quadrangulare), kaktuslar va boshoqlilar bilan 
yonbag‘irliklarda tolu yoki quruq puna hosil qiladi. Andning 4000-4700 m 
balandliklaridagi mayindonali tuproqlarda namlik etarli bo‘lsa ham 
o‘simliklar o‘smaydi. Qoyali joylarda o‘simliklarning ko‘plab turlari to 5000 
metrlargacha abadiy qorliklargacha ham bor (taxminan 5200 metrlargacha). 
Azorella diapensioides o‘simligining yostiqsimon qattiq boshqa turlari, 
Polyleps turkumining beo‘xshov ko‘rinishlilari va ayrim boshoqlilar odam 
boraolmaydigan qoyalarda tarqalgan. Tog‘ yonbag‘irliklarini yuqorisida bo‘yi 
10 metrli bromeliyalar oilasidanPuya ramondiyoki undan ham balandroq 
bo‘yi 15 metrlargacha keladigan Pouretia gigantea boshoqli o‘simliklar 
orasida uzoqdan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Boshqa tropiklardagi 
balandtog‘liklarda xuddi shunday iqlimiy sharoitlarda ham qayd etib o‘tilgan 
o‘simliklarning jamoalari tarqalgan. Afrikaning sharqiy qismidagi 
balandtog‘larda yostiq ko‘rinishida murakkabguldoshlardan o‘lmaso‘t 
(Helichrysum), chim hosil qiladigan boshoqlilardan Festuca klimanjarica va 
afrika balandtog‘lariga xos Pentaschististurkumining o‘simliklari o‘sadi. 
Mo‘tadil iqlimli kengliklarning balandtog‘laridagi tropiklarning tog‘larida 
lishayniklar oxirida uchraydi. Klimanjaroning 5800 m balandliklarida 


107 
cho‘qqining 100 metr pastlarida Amphiloma elegans o‘sadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling