O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Subalp, Alp mintaqa o‘simliklari 
O‘rmondagi daraxtlar siyraklashganda qarag‘ay tog‘dagi (Pinus mugo
bitta ikkita ko‘rinadigan joylarda subalp balandlik mintaqasi boshlanadi. Bu 
daraxt subalp mintaqasi uchun juda xos, uni qiyshiq tanali qarag‘ay ham 
deyishadi. Uning shoxlari har tomonga tarvaqaylagan. Ba’zan shoxlari tuproq 
yuzasida ilonday ko‘rinishni hosil qiladi, uni uchi yana yuqoriga ko‘tariladi. 
Ba’zilarining tanasini aylanasi taxminan 15 metrlargacha etib, balandligi 1,5-
2,5 m keladigan zich o‘tib bo‘mas chakalakzorlarni ham hosil qiladi. Qiyaroq 
yonbag‘irliklarda o‘sadiganlarini shoxlari pastga osilib turadi. Ularning to‘q 
rangi, “doiraviy” o‘sishi diqqatni tortadi. Ochiq joylarning tuproqlari 
ninabargli o‘rmonlardagi kabi nordon podzollashgan tuproqli, unda 
o‘simliklarning turlari ko‘p emas. Butachalar o‘sadi, floristik tarkibi 
Evropaning tog‘laridagi bilan o‘xshash. Juda katta maydonlarda chernika 
(Vaccinium myrtillus) u bilan birga ko‘kishroq bargli golubka (V.uliginosum), 
doimoyashil butacha-brusnika (V.vitis-idaea) va shiksha (Empetrum 
hermaphrodiun
o‘sadi. Bu mintaqaning boshqa balandtog‘larida 
vereskdoshlar oilasiga mansub turkumlarining turlari keng tarqalgan. Bu 
hududlarda ularning keng tarqalishiga tuproqni nordonligi sabab. Alp 
tog‘larida rododendron (Rhododendron) ham uchraydi. Rododendronlar 


101 
gullagan davrida juda chiroyli ko‘rinadi. Ular zaharli, chorva hayvonlari 
emaydi. G‘arbiy Karpatda rododendronlar yo‘q, SHarqiy Karpatning 
balandtog‘laridan Rilpgacha rododendron Kochi (R.kotschi) uchraydi. 
Kavkazda dengiz sathidan 1900 m dan boshlab rododendron kavkazlik 
(R.caucasicum) tarqalgan, u bilan birga oq gullaydigan oqqayin Medvedova 
(Betula medwedewii) ham o‘sadi. 
Kavkaz tog‘larida tarqalgan baland bo‘yli o‘t o‘simliklar alohida 
ahamiyatga ega. Bu joylarda tarqalgan o‘t o‘simliklar shunchalik baland 
o‘sganki, otda ketayotgan odamni ham “ko‘madi”. Bu joylarda boshoqlilar 
kam. Juda baland, odatda katta bargli o‘simliklar tuproq yuzasini to‘sib 
qo‘yadi, u erdagi o‘simliklarni o‘sishiga imkon bermaydi. Bu o‘simliklar 
orasida bo‘yi uch metrlarga etadigan akonit (Aconitum orientale
boshoqlilardan keng tarqalgan. Bu o‘simlik Karpatda va Alpning janubi-
sharqiy tomonlarida ham o‘sadi. 
Subalp balandtog‘larning yassiroq yonbag‘irliklari, chirindiga boy 
tuproqlari Alp o‘tloqlari bilan qoplangan. Ular chorva mollarini boqish va 
pichan tayyorlashda foydalaniladi. Buning natijasida uning floristik tarkibi 
o‘zgargan. Bu hududlarda chorva mollari emaydigan o‘t o‘simliklar 
ko‘paygan. Ular orasida Nardus stricta, Galluna vulgaris va archa (Juniperus 
communis) ko‘p tarqalgan. O‘tloqlarda ayniqsa qo‘ng‘irbosh (Pao alpina
keng tarqalgan. Bu boshoqli o‘t deyarli butun dunyo bo‘ylab uchraydi. Tog‘li 
hududlarda uni “tirik tug‘ar” xili (P.alpina var vivipara) to‘pgulida ungan 
kurtaklari bo‘ladi. Bu tur o‘tloqning muhim vakili, uni oziq qimmati boy: 
(106% oqsil, 3% jir bor). Em-xashak qimmatli o‘simliklardan timofeevka 
(Phleum alpinum), triщetinnik (Trisetum pratense), zubturum (Plantago) va 
ligistrum (Ligustrum mutellina) ko‘p o‘sadi. 
Inson faoliyati ta’sirlamagan o‘tloqlar G‘arbiy Kavkazning balandtog‘ 
vodiylarida 2000 metrga yaqin balandliklarda saqlanib qolgan. Bu o‘tloq 
o‘simliklar jamoasining ajib go‘zalligi bo‘yi bir yarim metrlarga etadigan 
o‘tlarning florasini tarkibida kolxitsium (Colchicum speciosum), fritullariya 


102 
(Fritillaria latifolia), geran (Geranum sylvaticum), gentiana (Gentiana 
septemfida), liliya (Lilium monadelphum), bukvitsa (Betonica grandifolia
o‘simliklarini ko‘pligi sabab bo‘ladi.
Balandlikka yana ko‘tarilgan sari daraxtli o‘simliklar jamoasidan 
o‘tilgandan keyin balandtog‘ mintaqasining Alp qismi boshlanadi. Hozirgacha 
xarakterlangan balandlik mintaqalari ancha katta maydonlarni egallagan, 
o‘ziga xos o‘simliklar jamoasiga ega bo‘lgan. Alp mintaqasida o‘simliklar 
jamoasi har qadamda o‘zgaradi. Subalpning keng o‘tloqlaridan farqlanib Alp 
o‘tloqlari tog‘ qoyalari, katta toshli va shag‘alli joylar bilan uzilib turadi. 
O‘simliklarning bo‘yi past. Ohaktoshli erlarga florasi boy o‘simliklar jamoasi 
xarakterli. Bu erlarda sesleriya (Sesleria coerulea) va qo‘ng‘irbosh (Carex 
firma) ko‘p tarqalgan. Keyingi o‘simlik qor bilan uncha ximoyalanmagan 
joylarda qo‘ng‘irboshli o‘tloqlarni hosil qilgan. Uning qattiq, tikanli barglari 
bir biriga ustma ust joylashib xuddi yostiqsimon ko‘rinishni hosil qiladi. Alp 
mintaqasi ikkita morfologiya moslanishini o‘zida hosil qilgan. Avvalo uning 
qattiq barglari Alp tuproqlarida etishmaydigan azotli birikmalar hamda 
qurg‘oqchilikka moslanishni hosil qilgan. Ikkinchidan, uni yostiqsimon 
tuzilishini keng qismi shimol tomonda bo‘lib ichida mikroiqlim saqlanadi. 
Past bo‘yli o‘simliklar orasida yostiqsimon boshqa o‘simliklar minuarsiya 
(Minuartia sedoides) va toshyorar (Saxifraga caesia) ham uchraydi. 
Alp mintaqasidagi sharoitga moslanishning yana bir xili o‘simlik 
tanasini er bag‘ri bo‘ylab joylanishi hisoblanadi. Bunday xolat keng tarqalgan 
ikkita buta driada (Dryas octopetala) va tolda (Salix reticulata) kuzatiladi. 
Tatra tog‘larida keng tarqalgan edelveys (Leontopodium alpinum), ayiqtovon 
(Ranunculus alpestris), toshyorar (Saxifraga aizoides, S.paniculata), 
biskutella (Biscutella laevigata), gentiana (Gentiana verna) va boshqalar keng 
tarqalgan. Bu erlardagi o‘simliklarning qoplami uzluksiz emas. 
Marmar va ohaktoshli joylardagi o‘simliklarning jamoasi flora bo‘yicha 
boy emasligi yaqqol bilinadi. SHamol kuchli urib turadigan, qalin qor bilan 
yaxshi ximoyalanmagan joylarda sitnik o‘simligi o‘sadi. “Qizil cho‘qqilar” 


103 
Tatr nomi sitnik o‘simligini gullaganda qizil-jigarrang ko‘rinishdan olgan, u 
uzoqdan ham yaxshi ko‘zga tashlanib turadi. Bu o‘simliklarning jamoalarini 
orasida qo‘ng‘iroqgul (Campanula alpina), potentella (Potentella), pulsatilla 
(Pulsatilla vernalis), gravilat (Geum montanum) va kichkina orxideya-
uchraydi.
Alpning yana balandrog‘idagi qorlar butunlay erimaydi yoki juda kech 
eriydi. Bunday xolat tog‘larning shimoliy yonbag‘irligida, relef o‘simlikni 
o‘sishi uchun imkon qoldirmagan joylarda ro‘y beradi. Bu joylarda 
vegetatsiya 
davri 
juda 
qisqa 
Polytrichum 
sexangulare 
moxi 
va 
jigarmoxAnthelia juratzkyanaqor qoplamini chekkasida iyul oyiga kelib 
zamburug‘lar bilan birga biotsenoz hosil qiladi. Bargli moxlar tarqalgan 
joylardan keyin tol o‘tsimon (Salix herbacea) mintaqasi keladi; bu erlarda 
qorsiz davr 6-8 xafta davom etadi. bu tolning sudraluvchi novdalari chirindiga 
boy substrat ichida joylashadi, undan bargli uchi chiqib turadi. Qorsiz davr 
ko‘proq davom etsa, boshqa o‘simliklar ham paydo bo‘ladi. Qor chizig‘ida 
boychechak kichkinani (Primula minima) ko‘rish mumkin. Alp balandlik 
mintaqasida shag‘alli joylar ko‘p, bu erlarda regeneratsiya imkoniyati kuchli 
bo‘lgan, ildizi yaxshi rivojlangan o‘simliklarning turlari ko‘p o‘sadi. Qoyali 
yonbag‘irliklarning pastida shag‘al uyumlari ko‘p bo‘lib, yuqoriga unda 
yurish ham qiyin. Undan pastga qaralsa o‘simliksiz joy yo‘qligi ko‘rinadi. Bu 
joylar yostiq (to‘nkarilgan qozon) ko‘rinishli o‘simliklar bilan band. Ular 
orasida Androsace helvetica, minuaritsiya (Minuartia sedoides), toshyorar 
(Saxifraga caesia) boshqalaridan ko‘p uchraydi. Silikatli tog‘ jinslaridan 
iborat qoyalarda androsa (Androsace vandellii), draba (Draba dubia), 
molodilo (Sempervivum arachnoideum) va shuvoq (Artemisia mutellina) keng 
tarqalgan. Barcha mintaqalarning mo‘‘tadil kengliklaridagi subalp va 
alplaridagi o‘simliklarda flora tarkibidagi farqlarga qaramay umumiylik bor. 
Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi balandtog‘lardagi (qoyali tog‘lar, Kaskad 
tog‘lar, S’erra-Nevada) o‘simliklarning jamoalari Evropa alplaridagiga 
o‘xshash. U yerda ham bu yerda ham o‘simliklar yotib qolgan, egilgan emas. 


104 
Ximoloyning alp o‘tloqlarini 4000-5000 metrlaridagilari flora jihatidan 
juda boy. Ximoloyning g‘arbidagi turlar evropa balandtog‘laridagilar bilan 
o‘xshash. Shu boisdan edelveysning (Leontopodium turkumi) Ximoloydagi 
turlari alp edelveysni bizning botanika bog‘larimizda ko‘rish mumkin. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling