O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/99
Sana26.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1723811
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Bog'liq
Усимликлар географияси мажмуа.

Butachali tundra. O‘simliklar qoplamini oqqayin pasttak (Betula 
nana) va tollar Salix arbuscula S.lapponum, Andromedia polyfola, Ledum 
palustre, Vaccinium uliginosa, V.vitis-ideae, Empetrum nigrum, Rubus 
chamaemorusva R.arcticus ular bilan birga hammayoqni bosib ketgan, erni 
to‘la egallagan moxlar va lishayniklar tashkil qiladi. O‘simliklar qoplamini 
hosil qiladigan qayd etilgan turlar o‘rmontundrada ham va tayganing katta 
maydonlarida ham tarqalgan. Shimoliy Amerikaning butachali tundrasi 
asosan vereskgullilar tartibiga mansublardan iborat bo‘lib, katta hududlarning 
landshaftini belgilaydi. 
Do‘ngli tundra. Yevrosibir va Shimoliy Amerikaning butachali 
tundrasida torfli gumbazlarni ko‘rish mumkin. Bunday gumbazning kesmasi 
10-20 m, balandligi 4 ba’zan 7 metr keladi. Bunday do‘ngliklar katta 
maydonlarni egallaganda do‘ngli tundra haqida gap boradi. Do‘ngliklarning 
asosida (pastida) nam yoki suv bilan to‘lgan chuqurliklarda oqqayinning 
pasttaklari, pushitsalar va qoraboshlar (Carex rariflora, C.rotundata) ko‘p 
o‘sadi. Do‘ngliklarning janubiy yonbag‘irlikgi yaxshiroq isiganligi tufayli 
uning o‘simliklar qoplami turlarga boyroq. Tundra mintaqasi bo‘ylab 
butachalitundra bir muncha iliqroq hududlarda tarqalib janubroqqa kirib 
boradi. Boshqa tundralar, masalan, moxli, lishaynikli va shu kabilar shimoliy 
tomonda ustunlik qiladi va shu boisdan ularni arktiktundra nomi bilan ataladi. 
Moxli, lishaynikli, tog‘ tundra. Nam yoki pastqam joylarda moxlar 
jamoasi tarqalib ular asosan Rhacomitrium laniginosum, Tomenthypnum 
nitensyoki 
Dicranum, 
AulacomniumvaDrepanosladus 
turkumlarining 
turlaridan iborat. Moxlar orasida gulli o‘simliklardan tol qutblik (Salix 
polaris), 
toshyorar 
(Saxifraga 
hirculusva 
boshqalar), 
ayiqtovon 
(masalan,Ranunculus sulphureus), Minuartia turkumining turlari tarqalgan. 
Moxli tundrada buta ko‘rinshli lishayniklarning ko‘p turlari o‘sadi. Ular 
asosanquruq erlarda ayniqsa qumli yoki shag‘alli joylarda son jihatidan 
ustunlik qiladi. Bu joylarda bo‘yi 10 sm gacha etadigan CladoniavaCetraria 


95 
turkumlariga mansublari keng tarqalgan. Lishaynikli tundra bug‘ular uchun 
asosiy o‘tloq hisoblanadi. Arktik tundraning hamma tuproqlari o‘simliklar 
bilan qoplangan emas. Bu iqlim va tuproq sharoitlari bilan bog‘liq. Shimoliy 
yarimsharning Arktik mintaqasi faqat tekisliklardan iborat emas, bu erda tog‘ 
va tog‘ tizmalari ham mavjud. Tog‘ hududlar o‘simliklar uchun eng noqulay 
hisoblanadi. Vegetatsiya davrining qisqaligi, haroratning pastligi, tuproqda 
chirindini deyarli yo‘qligi, uzoq muddat muzlashi, hammayoq tosh va 
shag‘alli ekanligi o‘simlikni o‘sishi uchun imkon yo‘qligini dalolati 
hisoblanadi. Juda oz o‘simlik qoplami quyqa va yaproq shaklidagi 
lishayniklardan iborat. Butasimon lishayniklar juda kam. Moxlardan 
Grimmia, Rhacomitrumva boshqa turkumlarning turlari bor. Tuproqli joylarda 
gulli o‘t o‘simliklar va butachalardan kassop (Cassiope tetragona), 
garimanella (Harimanella) va tol (Salix polaris) o‘sadi. Ularning bo‘yi juda 
past va ancha kichik. Kamdan kam bo‘lsada, boshoqlilarning ayrimlari 
Festica altaica, Hiero chloe alpina, ba’zi toshyorarlar Saxifraga nivalis, 
S.caespitosava boshqalar minuarsiya (Minuartia arctica), dria (Dryas 
octopetala), silen (Silene acaulis) va boshqalar o‘sadi. Arktikaning juda katta 
kengliklaridagi floraning tarkibi va o‘simliklar qoplami turli viloyatlarida 
ancha o‘xshash. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling